Yuridik shaxsning huquq layoqati va muomala layoqati-Yuridik shaxslarning huquq va muomala layoqati bir vaqtda ro‘yxatdan o‘tishi bilan vujudga keladi. Yuridik shaxsning maxsus huquq layoqati uning ustavi, nizomi yoki qonun hujjatlari bilan belgilanadi (FK, 41-modda, 3-band).
Yuridik shaxslarni ta’sis etish jarayoni ikki bosqichni o‘z ichiga oladi.
tayyorlov bosqichi. Bu bosqich yuridik shaxslarni ta’sis etishda, u davlat ro‘yxatidan o‘tgungacha bo‘lgan jarayonni, ya’ni ta’sis hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, yuridik shaxsni tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilish, dastlabki mulk (pay)larni birlashtirish, boshqaruv organlarini tasdiqlash, yuridik shaxsning individual belgilari (firma nomi, yuridik manzili, muhr va shtamp eskizlari)ni tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni vakolatli organga taqdim etish jarayonlarini o‘z ichiga olsa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bosqichi. Bu bosqich yakunlovchi bosqich bo‘lib, u ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim qilingan hujjatlarni vakolatli davlat organi tomonidan qonun hujjatlari talabiga mosligini tekshirish, mos bo‘lgan taqdirda korxonani yuridik shaxslarning yagona davlat reestriga kiritish va ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Yuridik shaxs vakolatli davlat organi tomonidan bunday guvohnomani olgandan so‘ng,amalda subyekt sifatida namoyon bo‘ladi.
Yuridik shaxslar quyidagi usullarda vujudga kelishi mumkin.
Buyruq (farmoyish) orqali. Muassisning buyrug‘i asosida tashkil etiladigan yuridik shaxslar mazkur usulda vujudga keladi. Bu usulda, odatda, davlat korxonalari tashkil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki boshqa vakolatli davlat organlarining qarori orqali tashkil etiladigan korxonalarning vujudga kelishiga asos mazkur imperativ xarakterdagi farmoyish (qaror, buyruq) korxonani tashkil etish uchun asos bo‘ladi.
Murojaat qilish usuli. Bunda muassislar tomonidan tuzilishi kutilayotgan yuridik shaxslarning vujudga kelish imkoniyati qonun tomonidan oldindan belgilab qo‘yilmagan bo‘ladi. Ya’ni, yuridik shaxsni tashkil etish istagida bo‘lgan shaxs - muassis qonunda taqiqlanmagan istalgan faoliyat turiga ixtisoslashgan hamda xohlagan tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxsni tashkil etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |