Namangan davlat universiteti yuridik fakultet davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasi


-Mavzu: Fuqarolik huquqining subyekti sifatida fuqarolar va yuridik shaxslar


Download 467 Kb.
bet6/31
Sana09.04.2023
Hajmi467 Kb.
#1344423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
2-Mavzu: Fuqarolik huquqining subyekti sifatida fuqarolar va yuridik shaxslar
O‘rganiladigan masalalar:
1.Fuqaro (Jismoniy shaxs) tushunchasi.
2.Fuqarolarning huquq layoqati tushunchasi. Fuqarolarning huquq layoqatining boshlanishi, tamom bo‘lishi va cheklanishi.
3.Fuqaroning muomala layoqati tushunchasi.
4.Yuridik shaxs tushunchasi va belgilari.
5.Yuridik shaxslarning vujudga kelishi.
6.Yuridik shaxsning ta’sis hujjatlari.Nizom va ta’sis shartnomalari.
7.Yuridik shaxsning organlari.Yuridik shaxsning javobgarligi.
Tayanch so‘z va iboralar: Fuqarolik huquqining subyekti: Fuqarolar: Yuridik shaxslar.
Shaxs — alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy axloqiy olam. U o‘zida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi.
Fuqaro– shaxsning huquqiy asoslar orqali ma’lum davlatga mansubligi. Shaxs fuqaro hisoblansa, ma’lum huquq va erkinliklarga ega bo‘ladi hamda burchlarni bajarishga majbur bo‘ladi. Fuqaroning huquqiy holati tegishli mamlakatda fuqarosi bo‘lmagan shaxslarning yoki xorijiy mamlakatlar fuqarolarining huquqiy holatidan farq qiladi. Masalan: siyosiy huquqlar faqat fuqarolarga taalluqli bo‘ladi.
Fuqaro ( jismoniy shaxs) tushunchasi-fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushuniladi.Inson” va “fuqaro” tushunchalari garchi sinonim so‘zlardek tuyulsa-da, lekin bu ikki tushuncha o‘rtasida farqlar mavjud. “Inson” tushunchasi falsafiy tushunchadir. Mazkur tushuncha keng qamrovli, butun dunyoda istiqomat qiluvchi ibtidoiy yoki madaniy ko‘rinishda hayot kechirishidan qat’i nazar barcha insonlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Mazur tushuncha “Inson huquqlari umumjahon dekla­ratsiyasi”da qo‘llanilgan.
Mavzuning dolzarbligi-FKning 3-bobi “Fuqarolar (jismoniy shaxslar)” deb nomlanadi va barcha jismiy subyektlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Fuqarolik huquqida jismoniy shaxs o‘ziga xos huquqiy maqomga ega. Uning subyektliligi hali inson sifatida mavjud bo‘lmagan hollarda ham (tug‘ilmasdan oldin merosga ega bo‘lish jarayonida) yuzaga kelishi mumkin.

Download 467 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling