Namangan davlat universiteti yuridik fakultet davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasi
-Mavzu: Fuqarolik huquqi tushunchasi, tamoyillari, tizimi va manbalari
Download 467 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
- Birinchidan
- predmeti hisoblanadi
1-Mavzu: Fuqarolik huquqi tushunchasi, tamoyillari, tizimi va manbalari
O‘rganiladigan masalalar 1.O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi tushunchasi va uning predmeti. 2.Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari. 3.Fuqarolik huquqining tizimi 4.Fuqarolik huquqi manbalari tushunchasi va uning turlari. Tayanch so‘z va iboralar: fuqarolik huquqi, Fuqarolik kodeksi… 1.O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi tushunchasi va uning predmeti Fuqarolik huquqi O‘zbekiston Respublikasida amal qiluvchi huquq tizimi sohalaridan biri bo‘lib, mamlakatimizda iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, fuqarolar va boshqa subyektlarning moddiy, ma’naviy ehtiyojlarini tobora to‘laroq qondirish maqsadida mulkiy munosabatlarni hamda mulkiy xarakterda bo‘lmagan shaxsiy munosabatlarni tartibga solish, mustahkamlashga qaratilgan huquq normalari yig‘indisidan iboratdir.Shunday qilib, fuqarolik huquqi yuridik jihatdan teng bo‘lgan subyektlar o‘rtasidagi mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladigan hamda mustahkamlaydigan huquqiy normalar yig‘indisidir. Fuqarolik huquqining huquq sohalari tizimida tutgan o‘rnini anglash uchun, dastavval ushbu huquq sohasi tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlarni tahlil etish lozim. Ijtimoiy munosabatlar tizimida fuqarolik huquqi tartibga soladigan munosabatlar keng o‘rinni egallaydi. Ayniqsa, bu munosabatlar kishilar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy muomalada, kundalik ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan harakatlarda kóp uchraydi. Fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar fukarolik huquqi fanining predmetini tashkil etadi. Birinchidan, bu munosabatlar mulkiy munosabatlar bo‘lib, ular mol- mulk, moddiy boyliklar bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Ikkinchidan, bu munosabatlar mulk bilan bog‘lik shaxsiy nomulkiy munosabatlar hisoblanib,ayrim hollarda ular mulkiy munosabatlar bilan bog‘lik bo‘lmaydi. Ana shu ikkita guruh munosabatlari fuqarolik huquqining predmeti hisoblanadi. Fuqarolik huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy ko‘rinishda bo‘lmagan shaxsiy huquqiy munosabatlar ikki turga: mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy munosabatlarga va mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy munosabatlarga (shaxsiy nomulkiy) bo‘linadi.Shunday shaxsiy xarakterdagi munosabatlar borki, ular bevosita mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq. Mulkiy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lmagan munosabatlarga misol qilib, intellektual faoliyat natijalari – mualliflik huquqi, turdosh huquqlar, sanoat namunalariga bo‘lgan huquqlar, seleksiya yutuqlariga bo‘lgan huquqlar, integral mikrosxemalarga bo‘lgan huquqlar, tovar (ish, xizmat)larni individuallashtirishga bo‘lgan huquqlar (firma nomi, tovar (xizmat) belgisi, savdo belgisi)ga doir munosabatlarni ko‘rsatish mumkin. Intellektual faoliyat natijalarining mualliflari ana shu natijalarga nisbatan shaxsiy-nomulkiy va mulkiy huquqlarga ega bo‘ladilar. Shaxsiy-nomulkiy huquqlar muallifga uning mulkiy huquqlaridan qat’i nazar tegishli bo‘ladi va uning intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan mulkiy huquqlari boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, uning o‘zida saqlanib qoladi. Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari bu barcha fuqarolik qonunlari mazmuniga singdirilgan asosiy, boshlang‘ich qoidalardir. Fuqarolik huquqining umumhuquqiy tamoyillari quyidagilar : Download 467 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling