Namangan davlat universiteti yuridik fakultet davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasi
Download 467 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi qism
- Fuqarolik huquqining manbalari
1.Demokratizm tamoyili
2.Qonuniylik tamoyili 3.Adolat tamoyili (fuqarolik huquqi subyektlarining o‘zaro murosa asosida aloqa olib borishlarini ta’minlaydi) 4.Insonparvarlik tamoyili 5.fuqarolarning qonun oldida tengligi tamoyili. 2.Fuqarolik huquqi tizimi Fuqarolik huquqining Umumiy (birinchi) qismi fuqarolik huquqlari tushunchasi, ularning vujudga kelishi, amalga oshirilishi va himoya qilinishi, fuqarolik muomalasi subyektlari, obyektlari, shuningdek muddatlar to‘g‘risidagi asosiy qoidalarni hamda barcha fuqarolik-huquqiy munosabatlarga qo‘llaniladigan umumiy tartibdagi boshqa ba’zi normalarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi qism. FKning umumiy qoidalaridan tashqarida bo‘lgan normalar mazmunan rang-barang va hajmi jihatdan nihoyatda ulkan hisoblanadi.Endilikda fuqarolik huquqini kichik tarmoqlarga tizimlashtirish qo‘llanmoqda. Kichik tarmoq – bu bir turdagi guruhlarga kiruvchi munosabatlarni tartibga soluvchi va o‘zining umumiy qoidalariga ega bo‘lgan normalarni yirik-yirik guruhlari bo‘lib hisoblanadi. Fuqarolik huquqining manbalari Fukarolik huquqining manbalari deganda,fukarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soladigan normativ hujjatlar tushuniladi. Asosiy qonunimizning 18, 27, 36, 42, 53,54-moddalari bevosita fukarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. a) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Konstitutsiyaviy qonunlari; b) O‘zbekiston Respublikasining qonunlari; c) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari; d) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari; e) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; j) Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining hujjatlari; f) Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining birinchi qismi 1995-yil 21-dekabrda, ikkinchi qismi esa, 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan holda ikkala qismi bir vaqtda 1997-yil 1-martdan boshlab kuchga kiritilgan. Download 467 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling