1. Fuqarolik tushunchasi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining huquqiy asoslari Inson va fuqaro huquqlari
Download 34.5 Kb.
|
FUQAROLARNING ERKINLIK VA BURCHLARI
FUQAROLARNING ERKINLIK VA BURCHLARI REJA: 1.Fuqarolik tushunchasi 2. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining huquqiy asoslari 3. Inson va fuqaro huquqlari 4. O‘zbekistonda inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlari tizimi tushunchasi Fuqarolik – insonning muayyan davlat bilan doimiy siyosiy va huquqiy munosabatda, ekanligini anglatuvchi tushuncha bo‘lib, Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan tartibda shaxsni muddatsiz shu davlatga mansubligini o‘rnatadi va unga nisbatan davlatning yurisdiksiyasi joriy etiladi, shu orqali shaxsning huquq va erkinliklari davlat organlari tomonidan kafolatlanadi, davlat hududida va uning tashqarisida himoyalanish huquqi ta’minlanadi, o‘zaro huquq va majburiyatlarda tenglik prinsipi qo‘llaniladi, hamda davlat va jamiyat oldidagi jamiyki muayyan burchlarni amalga oshirish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi. Asosiy huquqlar, erkinliklar va burchlarni amalga oshirishning huquqiy shakli yoki asosi fuqarolik hisoblanadi. Fuqarolik - shaxsning muayyan davlatga mansubligi bo‘lib, davlat unga nisbatan o‘z hukmini o‘tkazadi va uni konstitutsiyada ko‘rsatilgan fuqarolik huquqlari va burchlari bilan ta’minlaydi, uning huquqini ushbu davlat ichida hamda tashqarisida muhofaza qiladi. Fuqarolik tushunchasiga qadimdan turli ma’no, mazmun berilgan va berilmoqda. Eng dastlabki ma’noda, ma’lum bir davlat bilan qalin aloqada bo‘lgan kishi fuqaro deb hisoblangan. U shu davlatdagi jamiyatning a’zosi. «Fuqaro” termini qadimgi Rimda ham qo‘llanilgan bo‘lib, dastlabki ko‘rinishda u ius civile, ya’ni sivil yoki grajdanlik huquqi shaklida namoyon bo‘lgan O‘zining mavqeiga ko‘ra fuqaro qonunda nazarda tutilgan barcha huquqlardan foydalanadi va kerakli majburiyatlarni oladi. Davlat fuqaroning huquqlarini ta’minlaydigan va ularning majburiyatlari bajarilishini nazorat qiladi. CHet elda bo‘lganda fuqaro o‘z davlatining ma’lum qonunlariga rioya qiladi, davlat esa uni diplomatik himoya bilan ta’minlaydi. Mustaqillik e’lon qilingandan so‘ng, o‘zbek tilida mustabid tuzum davridagi «grajdanlik» so‘zi o‘rniga «fuqarolik» degan atama qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, fuqarolik instituti yangi ma’no va mustaqil ahamiyat kasb etdi. Endilikda fuqarolik davlatchiligimizning muhim va ajralmas belgisidir. U shaxsning davlatga mansubligini, unga daxldorligini yuridik jihatdan mustahkamlaydi, shuningdek, davlat bu shaxsga o‘z hokimiyatini o‘tkazadi va uni konstitutsiyada mustahkamlangan huquq hamda burchlar bilan ta’minlaydi. Download 34.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling