1. Fuqarolik tushunchasi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining huquqiy asoslari Inson va fuqaro huquqlari


O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining huquqiy asoslari


Download 34.5 Kb.
bet2/8
Sana03.02.2023
Hajmi34.5 Kb.
#1153509
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
FUQAROLARNING ERKINLIK VA BURCHLARI

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining huquqiy asoslari.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21-moddasida respublika fuqarolarining huquqiy asoslari belgilangan. Unda ko‘rsatilishicha: “O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatiladi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi, unga qanday asosda ega bo‘lganlikdan qat’i nazar, hamma uchun tengdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.
Fuqarolikka ega bo‘lish va uni yo‘qotish asoslari hamda tartibi qonun bilan belgilanadi
Fuqarolik – bu shaxs bilan davlatning barqaror va doimiy siyosiy-huquqiy munosabati bo‘lib, ularning o‘zaro huquqlari, burchlari va javobgarliklarini ifodalaydi. Bunday aloqalar inson va fuqarolar qadr - qimmati, asosiy huquqlari va erkinliklarini tan olish va hurmatlashga asoslanadi. SHu o‘rinda ta’kidlash lozimki, fuqaro bilan davlatning o‘zaro majburiyatga egaligi prinsipi respublika konstitutsiyaviy qonunchiligida birinchi marotaba mustahkamlab qo‘yildi. Bu siyosiy tizim demokratligi va xalqchiligining o‘ta muhim ko‘rsatkichidir.
Demak, fuqarolik shaxsning muayyan davlat bilan barqaror, doimiy siyosiy - huquqiy aloqasidir. Bu aloqa ularning o‘zaro huquqlari va burchlarida ifodalanadi.
Davlat bilan alohida shaxsning huquqiy aloqasi shaxsning shu davlatga mansubligi bilan, ya’ni shu davlatning hududidagi chet el fuqarosi bo‘lib yoxud fuqaro bo‘lmagan holda yashashi bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z fuqarolari huquq va erkinliklarining himoyachisi hisoblanib, bu huquq va erkinliklarni amalga oshirish uchun sharoitlar yaratadi, kafolatlar beradi, agar bunday huquq va erkinliklar buzilsa, aybdorlarni tegishli tartibda javobgarlikka tortadi.
Fuqarolik – shaxsning muayyan davlat qaramog‘ida bo‘lishi, shu davlatga, mamlakat ichida ham, uning tashqarisida ham mansub ekanligi, shu mansublikning huquqiy hujjatlar yordamida tasdiqlanganligidir.
Fuqarolik tushunchasi jamiyatning hozirgi davr demokratik, huquqiy davlat tomon rivojlanishida katta yo‘lni bosib o‘tdi.
U jamiyatning demokratik rivojlanishida qo‘lga kiritilgan ulkan yutuqlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Fuqarolikning jamiyat taraqqiyotidagi ijobiy tomoni shundan iboratki, mamlakatda istiqomat qilib turgan har bir kishining muayyan, aniq sanab o‘tilgan huquqlari, jamiyatdagi o‘rni mamlakatning Konstitutsiyasida, qonunda yoki maxsus qarorda yozib qo‘yilgan va ularga rioya qilish, ularni bajarish barcha fuqarolardan talab qilinadi. YA’ni jamiyatda boshboshdoqlik, o‘zboshimchalik, zo‘ravonlik, qonunsizlikka o‘rin qolmaydi. CHunki, bunday xatti - harakatlar fuqarolik haqidagi qonunga xilofdir.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo‘liga chiqib olgach, o‘z oldiga asrlar davomida o‘zbek xalqi orzu qilgan adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik, huquqiy davlat qurish vazifasini qo‘ydi, qabul qilingan fuqarolik to‘g‘risidagi huquqiy hujjatlarda esa o‘zining insonparvarlik ruhida ekanini namoyon qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, fuqarolik to‘g‘risidagi qonun, boshqa amaldagi qonunlar, chet el davlatlari bilan tuzilgan shartnomalar va bitimlarda bu qoidalar e’tirof etildi, qonuniy jihatdan mustahkamlandi.
Hozirgi davrda fuqaro maqomi, demokratiyaning shakllanishi va rivojlanishi natijasida, takomillashib inson qadr qimmatining kafolatlari kundan kunga yuksalib bormoqda. Masalan, siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy munosabatlarda milliy, diniy, irqiy mansublik tan olinmaydi, faqat u avvalo inson degan g‘oya eng oliy hisoblanib, Konstitutsiya va qonun ustuvorligi ushbu g‘oya uchun xizmat qilmoqda.
Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda: “Bugun Konstitutsiya to‘g‘risida, uning ma’no mazmuni va ustuvor tamoyillari haqida gapirar ekanmiz, shaxs manfaatining davlat manfaatidan ustun etib belgilangani, inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida muhrlab qo‘yilganini yana bir marta ta’kidlab o‘tish o‘rinli, deb bilaman.»
Har bir davlat o‘z suverenitetidan kelib chiqib, mustaqil ravishda fuqarolikka ega bo‘lish va uni yo‘qotish masalalarini tartibga soladi.
Fuqarolik filiatsiya yo‘li bilan (fuqarolikning tug‘ilish bo‘yicha yuzaga kelishi), naturalizatsiya yo‘li bilan (fuqarolikka qabul qilish), xalqaro shartnoma asosida va ba’zi hollarda reintegratsiya (qayta tiklash) va taqdim etish yo‘li bilan olinishi mumkin. Reintegratsiya fuqarolikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi noqonuniy qarorni bekor qilish hollarida bo‘lishi mumkin, taqdim etish esa davlat oldidagi maxsus xizmatlar uchun fuqarolik berish holatidir.
O‘zbekistonda fuqarolikni olish asoslari qonunning 12- moddasida ifodalangan, unda ko‘rsatilishicha: «O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi quyidagi hollarda olinadi:
1. tug‘ilganda;
2. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinishi natijasida;
3. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha;
4. Qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha”[6]
Fuqarolikni olishning asosiy usuli shaxs tug‘ilishi bilan fuqarolikka ega bo‘lishidir. Boshqa usullar ancha kam uchraydi. Buni tushunish mumkin: odamlarning aksariyati fuqarolikni tug‘ilganda olib, o‘z hayotlari davomida almashtirmaydilar.
Tug‘ilish asosi bilan fuqarolikka ega bo‘lish xalqaro ommaviy huquqda “filiatsiya” deb yuritiladi. Fuqarolikka ega bo‘lishning eng keng tarqalgan usuli filiatsiya yoki fuqarolarni tug‘ilish asosida olishdir. Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan norma va prinsiplaridan kelib chiqsak, har bir bola fuqarolikni olish huquqiga egadir. Bola huquqlari to‘g‘risidagi 1959 yilgi Deklaratsiyaning 3-prinsipi mazmuniga, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi 1966 yilgi Xalqaro paktning 24-moddasi 3-bandi, Bola huquqlari to‘g‘risidagi 1989 yilgi Konvensiyaning 7- moddasi 1-bandiga muvofiq, bola hech bir holda apatrid, ya’ni fuqaroligi yo‘q shaxs bo‘lib qolmasligi kerak.
Filiatsiya ikki prinsip asosida: “qon huquqi”(jus sanguinis) va “tuproq(er) huquqi” (jus soli) asosida olinishi mumkin, ba’zi xollarda esa davlatlar qonunchiligi aralash tizimni ko‘zda tutadi.
O‘zbekistonda fuqarolik “qon huquqi” prinsipi asosida belgilanadi. Bunda bolaning fuqaroligi uning ota-onasining fuqaroligi bilan belgilanadi va tug‘ilgan joyiga bog‘liq bo‘lmaydi.
SHuningdek qonunda 14-modda) onasi yoki otasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bolalarning fuqaroligi masalalariga ham to‘xtalib o‘tilgan, ya’ni :«Ota-onasining fuqaroligi har xil bo‘lib, ulardan biri bola tug‘ilgan paytida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan quyidagi hollarda bola O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi:
- agar u - O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan bo‘lsa;
- agar u O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tug‘ilgan bo‘lsayu, ota-onasi yoki ularning biri shu vaqtda O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo‘lsa.
Ota-onasining fuqaroligi har xil bo‘lib, ulardan biri bola tug‘ilgan paytda O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan bo‘lsa, agar bu vaqtda ota-ona O‘zbekistondan tashqarida doimiy istiqomat joyiga ega bo‘lgan bo‘lsalar, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida tug‘ilgan bolaning fuqaroligi ota - onaning yozma tarzda ifodalangan kelishuvi bilan belgilanadi.
Ota-onasidan biri bola tug‘ilgan paytda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, boshqasi esa - fuqaroligi yo‘q shaxs bo‘lgan yohud noma’lum bo‘lgan taqdirda, bola qaerda tug‘ilgan bo‘lishidan qat’iy nazar u O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi.
Onasining fuqaroligi bo‘lmagan bolaning otasi belgilanib, u O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lsa, 14 yoshga etmagan bola - qaerda tug‘ilgan bo‘lishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.”
Qonunning 16-moddasida ota-onasi noma’lum bo‘lgan bolalarning fuqaroligi masalalariga to‘xtalib o‘tilgan. Unda ko‘rsatilishicha: “Ota-onasi noma’lum bo‘lgan va O‘zbekiston hududida yashayotgan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi.
SHuningdek qonunda (15-modda) fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bolalarining O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi masalasiga ham to‘xtalib o‘tilgan. Unda qayd etilishicha: «Fuqaroligi bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasida doimiy istiqomat joyiga ega bo‘lgan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan bolasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi.”


Download 34.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling