1. Fuqarolik tushunchasi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining huquqiy asoslari Inson va fuqaro huquqlari
O‘zbekistonda inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlari tizimi tushunchasi
Download 34.5 Kb.
|
FUQAROLARNING ERKINLIK VA BURCHLARI
O‘zbekistonda inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlari tizimi tushunchasi
Shaxslarning beriladigan huquq va burchlarning hajmi, Shaxsning Shu davlat fuqaroligiga yoki chet el fuqarosi yoxud fuqaroligi bo‘lmagan Shaxsligiga qarab belgilanadi. Konstitutsiyamizda ko‘rsatilgan huquq va burchlar faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga to‘liq taalluqlidir. Konstitutsiyada qayd etilgan huquq va erkinliklar, majburiyatlar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan Shaxslarga ham taalluqlidir. Yurtboshimiz aytganlaridek, asosiy qonunimiz har bir fuqaro uning hayotiy zarur bo‘lgan huquq va erkinliklarini o‘zida mujassamlaShtirganligi bilan ham muhim hujjatdir. Inson va fuqarolarning huquq va erkinligi haqidagi bob va undagi moddalar mantiqiy mazmunga egadir. Bular huquq va erkinliklarning, Shaxs va fuqarolar turmuSh darajalarini, o‘ziga xos xususiyatlarini ifoda etadi. Ana Shu belgilariga asoslanib, Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar uch guruhga bo‘lingan. 1. Shaxsiy huquq va erkinliklar; 2. Siyosiy huquqlar; 3. Iqtisodiy – ijtimoiy huquqlar. Bunday tasniflash bu huquqlarni tarixiy jarayonda ketma-ket, bosqichma - bosqich jamiyatda insonlar tomonidan o‘rnatiliShiga qarab ajratiladi. Ular bir-biri bilan uzviy bog‘liqdirlar. Birinchi guruhga fuqarolarning Shaxsiy huquq va erkinliklari kiradi. Shaxsiy huquq va erkinliklar huquq nazariyasida tabiiy huquqlar deb yuritiladi. Insonning kundalik hayotida unga xizmat qiluvchi, tabiiy mavjudot sifatida mavjud bo‘liShi uchun zarur erkinliklar tabiiy huquqlar deb yuritiladi. Insonning tabiiy huquqlari g‘oyalari qadimdan Shakllanib taraqqiyot mezoni hisoblangan. Bunga yorqin misol qilib Pifagorning «inson barchaning mezoni» degan fikrini keltiriShimiz mumkin. Tizimga ko‘ra inson va fuqarolar konstitutsiyaviy huquq va erkinliklaring navbatdagisi siyosiy huquqlardir. Yurtboshimiz I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XII-sessiyasida fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtiroki haqida to‘xtalib «Konstitutsiyaga binoan har bir kishiga erkin tanlash, erkin saylov huquqi berilgan fuqarolarning huquq va erkinliklari aniq begilab qo‘yilgan. Bu huquq va erkinliklar davlat hokimiyatining butun kuchi, qonun kuchi bilan ishonchli tarzda himoya qilinadi. Barchamiz jamiyatning har bir a’zosi fikri bilan hisoblaShiShni o‘rganiShimiz, uning huquqlarini, avvalo, har bir kiShining o‘z kelajagini o‘zi yaratiSh huquqini hurmat qiliShimiz lozim», - degan edi. SHunday ekan, fuqarolarning davlat boShqaruvidagi fikr mulohazalarini davlat boShqaruv idora rahbarlari ish faoliyatlarida o‘rganib chiqiShlari va inobatga oliShlari lozim. Fuqarolar jamiyat hayotiga doir masalalarni hal qiliShda fikr-mulohazalarini, takliflarini siyosiy hokimiyatlarga bildiriShlari, ular oldiga aniq talablar qo‘yishlari, bunda ommaviy axborot vositalaridan foydalaniShlari mumkin. Bu xolat ularning siyosiy huquqlaridan kelib chiqadi. Fuqarolarning siyosiy huquqlaridan yana biri – siyosiy tashkilotlarga a’zo bo‘lish huquqidir. Ma’lumki, mamlakatimizda ko‘ppartiyaviylik tizimi tashkil topgan. Mavjud siyosiy partiyalar fuqarolarning dunyoqaraShlari, manfaatlari, maqsadlarining mushtarakligi asosida tuzilgan. O‘zbekiston Respublikasida tashkil topgan siyosiy partiyalar o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabr qonuniga, boShqa qonunlarga hamda o‘z Ustavlariga asosan amalga oshiradilar. Ana Shunday siyosiy tashkilotlarga a’zo bo‘liSh huquqi – Konstitutsiyamizning 34 - moddasida quyidagicha e’tirof etilgan «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar. Siyosiy partiyalarda, Shuningdek, hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi Shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr - qimmatini hech kim kamsitiShi mumkin emas». Demak, fuqarolarning siyosiy va jamoat tashkilotlarga birlashishi va ularning faol ishtirok etishi o‘zining siyosiy huquqlarini himoya qilish imkoniyatini yaratadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra har bir Shaxs mulkdor bo‘liShga haqli, ya’ni biror bir nomoddiy, moddiy ne’matga egalik qilishi, undan foydalaniShi va tasarruf qilishga haqli. Insonning bu huquqi Fuqarolik Kodeksi, korxonalar to‘g‘risidagi va boshqa bir necha qonunlarda o‘z ifodasini topadi. Inson huquq va erkinliklarining uchinchi guruhiga iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar kiradi. «Eng asosiy ijtimoiy institut bo‘lgan mulkka (asosan, xususiy mulkka) munosabatning o‘zgariShi – deb ta’kidlaydi I. A. Karimov, butun jamiyatni va xususan, iqtisodiy hayotni demokratiyalaShning boSh bo‘g‘ini bo‘ldi. Jamiyatni siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yangilaSh asosan yangi mulkchilik munosabatlari orqali o‘tadi» Darhaqiqat, mamlakatimiz mustaqillikka eriShganidan so‘ng, mulkchilik Shakllari o‘zgariShi bilan, insonning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari sohasida butunlay tub o‘zgariShlar yasaldi. Mulkka egalik huquqi, iShsizlikdan himoyalaniSh huquqi, mehnatning oqilona Shart - Sharoitlariga ega bo‘liSh huquqi, madaniyat yutuqlaridan foydalaniSh huquqi va boshqalar yangi Konstitutsiyada ilk bor mustahkamlandi. Boshqa huquq va erkinliklar (mehnat, ta’lim oliSh, ijtimoiy ta’minot huquqlari, ilmiy texnika, ijod erkinligi va boshqalar) hozirgi zamon va kelajakni hisobga olgan holda mazmunan boyitildi. Download 34.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling