1. Fuqarolik tushunchasi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining huquqiy asoslari Inson va fuqaro huquqlari


Download 34.5 Kb.
bet3/8
Sana03.02.2023
Hajmi34.5 Kb.
#1153509
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
FUQAROLARNING ERKINLIK VA BURCHLARI

Inson va fuqaro huquqlari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o‘zining ikkinchi bo‘limida dunyodagi boshqa ko‘pchilik konstitutsiyalar qatori inson va fuqarolarning asosiy huquq va burchlari to‘g‘risidagi muhim qoidalarni mustahkamlaydi.
Konstitutsiyaviy huquq, erkinlik va burchlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, qonun chiqaruvchi hokimiyat Konstitutsiyada asosiy huquq, erkinlik va burchlarni mustahkamlaydi, qonun va qonun osti hujjatlarida esa, ular asosida vujudga keladigan hosila huquq, erkinlik va burchlarni belgilash bilan birga ular mazmunini keng yoritish imkonini beradi.
Inson huquq va erkinliklari har bir shaxsga taalluqli bo‘lib, fuqarolarning huquq va erkinliklari esa faqat o‘sha davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxslargagina tegishlidir.
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini fuqaroligidan qat’iy nazar, har bir shaxsga tegishli bo‘lgan inson huquq va erkinliklari bilan aralashtirib yubormaslik kerak.
Misol sifatida insonning tabiiy va ajralmas huquqlari belgilangan va hozirgacha harakatda bo‘lgan 1789 yilgi "Inson va fuqaro huquqlari fransuz Deklaratsiyasi"dan ko‘chirma keltiramiz: "Barcha inson huquqlarda erkin va teng bo‘lib tug‘iladilar va shunday bo‘lib qoladilar. Ijtimoiy tafovutlar faqat ko‘pchilikning umumiy manfaatlarigagina asoslanishi mumkin.
Har qanday davlat ittifoqining maqsadi insonning ajralmas va tabiiy huquqlarini ta’minlashga qaratiladi. Erkinlik, mulkka egalik qilish, xavfsizlik va zulm - qiynoqlarga solinishiga qarshilik ko‘rsatish shular jumlasidandir.
Boshqalarga zarar etkazmaydigan darajada hamma narsani qilish imkoniyati erkinlikni tashkil etadi. SHunday qilib, har bir insonga tabiiy huquqlarini amalga oshirish chegarasi faqat jamiyatning boshqa a’zolarini ham xuddi shunday huquqlarining ta’minlanishi doirasi bilan chegaralanishi mumkin. Bu cheklashlar faqat qonun bilan belgilanadi".
Huquq va erkinliklar o‘rtasidagi keskin yuridik farqni ko‘rsatish ancha mushkul. Umumiy huquqning nazariyasidan bizga ma’lumki, sub’ektiv huquq bu shaxs yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xulqi chegarasining o‘lchovi. Fikrimizcha, bu ta’rif erkinlik tushunchasiga ham mos keladi.
Shu bilan ko‘pchilik hollarda, sub’ektiv huquq haqida gap ketganda, ushbu huquqqa tegishli muayyan burchlar mavjud bo‘lib, u huquq sub’ektlariga ma’lum darajada tegishli bo‘ladi.
Masalan, sog‘liqni saqlash huquqi e’lon qilinganda, uning tabiatiga ko‘ra majburiyat sub’ektlari sifatida davlat (ayrim hollarda nodavlat) sog‘liqni saqlash muassasalari yoki amaliyot bilan shug‘ullanuvchi muayyan tibbiyot xodimlari qatnashadilar.
Erkinlik haqida gap ketganda, ushbu erkinlikni rad etish yoki cheklash huquqi hech kimga berilmaganligi ushbu erkinlikni hurmat qilishning majburligi tushuniladi, aks holda tegishli huquqiy javobgarlik mavjud bo‘ladi.
Aytaylik, Konstitutsiyada so‘z erkinligi berilgan bo‘lsa, inson davlatdan ushbu huquq asosida o‘z fikrini oshkora qilishiga qarshilik qiluvchi har qanday sub’ektdan himoya qilishini talab qilish huquqiga ega.
Yuqorida bayon qilingan huquq va erkinlik o‘rtasidagi farqlar juda shartli bo‘lib, u barcha hollarda ham bir xilda qo‘llanilishi mumkin emas.

Download 34.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling