1. Fuqarolik tushunchasi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining huquqiy asoslari Inson va fuqaro huquqlari


O‘zbekiston Respublikasida inson va fuqarolarning Shaxsiy huquq va erkinliklari


Download 34.5 Kb.
bet5/8
Sana03.02.2023
Hajmi34.5 Kb.
#1153509
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
FUQAROLARNING ERKINLIK VA BURCHLARI

O‘zbekiston Respublikasida inson va fuqarolarning Shaxsiy huquq va erkinliklari
Inson, uning hayoti, sog‘lig‘i, qadr —qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari Konstitutsiyamizda oliy qadriyat deb tan olinadi.
Binobarin, Konstitutsiya inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlaShni birinchi o‘ringa qo‘yadi, Shaxsni ma’muriy - buyruqbozlik tizimining bir murvati, belgilangan maqsadga eriShiShning oddiygina bir vositasi deb hisoblamaydi.
Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar har bir Shaxs va O‘zbekistonning har bir fuqarosi uchun taalluqlidir.
Shaxsiy huquq va erkinliklar huquq nazariyasida tabiiy huquqlar deb yuritiladi. Insonning kundalik hayotida unga xizmat qiluvchi, tabiiy mavjudot sifatida mavjud bo‘liShi uchun zarur erkinliklar tabiiy huquqlar deb yuritiladi. Insonning tabiiy huquqlari g‘oyalari qadimdan Shakllanib taraqqiyot mezoni hisoblangan.
Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida ham, Konstitutsiyamizda ham e’tirof etilganidek, Shaxsning mazkur huquqlari daxlsizdir va har bir Shaxs tug‘iliShi bilanoq ana Shu huquqlarga ega bo‘ladi. Shaxsiy huquq va erkinliklarning Konstitutsiyada yuridik jihatdan mustahkamlaniShi, tabiiyki bizning yangi davlatimizning demokratik huquqiy va fuqarolik jamiyati qurayotganligidan dalolat beradi. Insonning eng muhim huquqlaridan biri – uning yaShaSh huquqidir. Bu huquq Konstitutsiyaning 7-bobi 24 moddasida qonuniy mustahkamlangan. Unda ko‘rsatiliShicha: “Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir” Insonning tinch, osoyiShta hayot kechiriShi uchun Sharoit yaratiSh majburiyatini davlat o‘z zimmasiga oladi. Bir vaqtning o‘zida fuqarolarga ham tegiShli majburiyatlar yuklatilib ular qonunlarga va ichki tartib qoidalarga rioya qilishlari zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 – moddasida qonuniy mustahkamlanishicha: “Har kim erkinlik va Shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Hech kim qonunga asoslanmagan xolda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanihi mumkin emas.”
Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 3 - moddasida har bir insonning yashash, erkinlik va Shaxsiy daxlsizlik huquqlari mustahkamlangan[13].
Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari tizimida eng muhimi erkinlik va Shaxsiy daxlsizlik huquqi hisoblanadi, CHunki erkinlik va Shaxsiy daxlsizlik huquqn ta’minlanganidan so‘nggina Konstitutsiya, qonunlar va boshqa qonun hujjatlarida kafolatlanadigan va himoya qilinadigan huquq va erkinliklar uchun Shart - Sharoit yaratiladi.
Erkinlik va Shaxsiy daxlsizlik huquqi har bir insonning uzviy ajralmas huquqi.
Inson - bu bioijtimoiy kategoriyadir; chunki u o‘zining-biologik ibtidosiga, o‘zagiga ega, keyinchalik hayotiy faoliyati natijasidagina Shaxs sifatida Shakllanadi.
SHu bois huquq tomonidan qo‘riqlanadigan ijtimoiy qadriyatlar qatorida inson, uning Shaxsi bilan bog‘liq xususiyatlari ijtimoiy ma’noda tengi yo‘q, biologik ma’noda takrorlanmas, tabiat va jamiyat ijodining mahsuli sifatida markaziy o‘rinni egallaydi. Insonning har qanday tirik mavjudotlar kabi fizilogik va psixologik tuziliShi, ayniqsa, uning jamiyat hayotidagi ishtiroki, ijtimoiy munosabatlarning yaratuvchisi va ishtirokchisi, sub’ekti ekanligi bois ham uning hayoti oliy darajada muqaddas hisoblanadi hamda u muhofaza qilinadi.
Erkinlik va Shaxsiy daxlsizlik huquqi asosiy konstitutsiyaviy huquqlardan bo‘lib, insonning tug‘iliShi bilan qo‘lga kiritiladi. Har kim erkin, o‘z ixtiyori bo‘yicha harakat qilishi, o‘zganing Shaxsiy erkinligi va daxlsizligiga ziyon etmaydigan tarzda yuriSh - turiShni tanlaShi mumkin. Biroq Shuni nazarda tutiSh kerakki, Shaxsning erkinligi jamiyatdagi axloq normalari doirasidan chiqmasligi va qonun asosida bo‘liShi kerak, ya’ni Shaxs har qanday harakatni amalga oShiriShi mumkin, agar uShbu harakat qonun va qonun hujjatlarida man etilmagan va huquqiy ko‘rsatmalarga zid kelmagan taqdirda, albatta. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A Karimov Shunday fikr bildiradilar: "Fuqarolarning huquq va erkinliklari daxlsiz bo‘lib, hech kim ularni sudning qarorisiz mahrum etishi yoki cheklaShi mumkin emas. Ayni vaqtda fuqarolarning o‘z huquq va erkinliklarini amalga oShiriShlari boshqa fuqarolarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlariga zid bo‘lmasligi lozim"
O‘z navbatida, individual erkinlik daxlsizdir va Shaxs daxlsizligini davlat va uning hokimiyat tuzilmalari tomonidan ta’minlanadigan Shaxs erkinligi kafolati sifatida tuShunmoq kerak.
Shaxsiy erkinlik va daxlsizlik to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normalar jinoyat protsessual qonunchiligida rivojlantiriladi.
Insonning Shaxsiy huquqlari doirasiga davlat tomonidan uning Sha’nini himoya qilish huquqi ham kiradi. Asosiy qonunda e’tirof etilgan davlat muhofaza etayotgan huquqlar qatorida Shaxsning sog‘lig‘ini himoya qilish, turar joy daxlsizligi huquqi, respublika hududida erkin harakat qilish, erkin chiqib ketiSh va erkin qaytib keliSh huquqi, erkin fikrlaSh, so‘z va e’tiqod erkinligi, o‘z hohiShi bo‘yicha boshqa usullar bilan har qanday ma’lumot oliSh va tarqatiSh kabi inson huquqlarining muhim tomonlari ham qayd qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 – moddasida ko‘rsatiliShicha: “Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir Shaxsning iShi sudda qonuniy tartibda, oShkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan Shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha Sharoitlar ta’minlab beriladi.

Download 34.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling