2. Fuqarolarning huquq layoqati tushunchasi. Mavzuning dolzarbligi
Fuqarolarning fuqarolik huquq layoqati huquq va majburiyatlarga ega bo‘lish layoqati bo‘lib, u teng ravishda e’tirof etiladi. Davlat hayotning moddiy sharoitlariga qarab fuqarolarning huquq layoqati, ya’ni muayyan huquq va burchlarga ega bo‘lish layoqatini belgilaydi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida aytilganidek, O‘zbekiston Respublikasidagi barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Ushbu qoidaga asoslangan holda fuqarolik huquqida fuqarolar huquq layoqatida teng hisoblanadilar. Ya’ni barcha fuqarolarga bir xildagi huquq va burchlar belgilanadi.
Huquq layoqatining boshlanishi va tamom bo‘lishi-Huquq layoqati kishi tug‘ilganidan to o‘limigacha undan ajralmaydi, u bilan birga bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq ham har xil huquqlarga, chunonchi, yashash huquqi, ovqatlanish huquqi, erkin bo‘lish huquqi kabi qator tabiiy huquqlarga, shu jumladan, ota-onalardan tarbiya olish va boshqa huquqlarga ega bo‘ladi. Aqli zaif va ruhiy xastalar ham huquq subyekti bo‘lib hisoblanadi. Ular, xususan, davolanish, pensiya olish va boshqa huquqlarga ega. Ularning mulkiy huquqlari to‘liq hajmda saqlanadi.
Muomala layoqati fuqarolarning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlarini olish, amalga oshirish, o‘zlari uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqatidir (FKning 22-moddasi).
Fuqarolarning muomala layoqati quyidagi guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi:
-to‘liq muomalaga layoqatsizlar (6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, sud tomonidan ruhiy kasal va aqli zaif deb topilganlar);
-qisman muomalaga layoqatlilik (6-14 yoshli hamda 14-18 yoshli voyaga etmaganlar);
-muomala layoqati cheklanganlik;
-to‘liq muomalaga layoqatlilik (aqli raso 18 yoshdan oshgan hamda emansipatsiya holati qo‘llanilganlar va 18 yoshga etmasdan nikoh munosabatlariga kirishgan fuqarolar).
Do'stlaringiz bilan baham: |