Namangan davlat universiteti yuridik fakultet davlat huquqi va boshqaruvi kafedrasi
Download 467 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuridik shaxslar
- Yuridik shaxslar.
- Mulkiy mustaqillik belgisi
- Mustaqil mulkiy javobgarlik
Yuridik shaxslar
O‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan ham ōz majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulki huquqlarga ega bo‘la oladigan va ularni amalga oshira oladigan,majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi (FKning 39-moddasi).Fuqarolik huquqining mustaqil sub’ektlari sifatida fuqarolik-huquqiy munosabatlarda qatnashish va shu munosabat bilan muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishi layoqati nafaqat fuqarolarga, balki yuridik shaxslarga ham beriladi. Yuridik shaxslar: FKda yuridik shaxsga berilgan ta’rifdan aniqlanishicha, har qanday tashkilot emas, balki muayyan talablarga javob beradigan tashkilotlargina yuridik shaxs bo‘la oladi. Yuridik shaxslarning vujudga kelish-FKning 42-moddsiga asosan yuridik shaxslar mulkdor yoki u vakil qilgan shaxs tomonidan yoxud vakolatli organning farmoyishi asosida, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladi. Yuridik shaxslar. 1) tashkiliy birlik; 2) mulkiy mustaqillik; 3) mustaqil mulkiy javobgarlik; 4) fuqarolik muomalasida o‘z nomidan harakat qilish belgilariga ega bo‘lishi kerak. Tashkiliy birlik–bu yuridik shaxsning huquq subyekti sifatida tashkil bo‘lganligini, o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish uchun ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqaruv organlari va bo‘linmalari orqali muayyan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishligini bildiradi. Mulkiy mustaqillik belgisi –yuridik shaxsga ma’lum bir mol-mulkni mulk (xo‘jalik yuritish, operativ boshqaruv) huquqi asosida tegishliligini bildiradi. Ya’ni FKning 39-moddasidagi yuridik shaxs ta’rifidan kelib chiqadigan bo‘lsak, “o‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan”dagina, tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Mustaqil mulkiy javobgarlik-shundan iboratki, yuridik shaxs hisoblangan tashkilot o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga tegishli bo‘lgan (davlat tashkiloti esa, o‘ziga biriktirib qo‘yilgan) mulki bilan javob beradi. Yuridik shaxs hisoblangan davlat tashkilotlarining majburiyatlari yuzasidan davlat javobgar bo‘lmaydi, bu tashkilotlar ham davlat tashkilotlari majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydilar. Download 467 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling