Namangan Davlat Unversiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya yo’nalishi 2- kurs talabasi Mansurova Kumushxonning Jahon xo’jaligi geografiyasi fanidan taqdimoti jahon sanoat tarmoqlari tarkibi va rivojlanish xususiyatlari Reja


Metallurgiya sanoati o'z navbatida mustaqil qora va rangdor metallurgiya sanoatlariga bo'linadi


Download 0.6 Mb.
bet2/4
Sana30.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1417865
1   2   3   4
Bog'liq
JAHON SANOATI

Metallurgiya sanoati o'z navbatida mustaqil qora va rangdor metallurgiya sanoatlariga bo'linadi.
Qora metallurgiya sanoatining xususiyatlaridan biri - asosiy mahsulotlari hisoblanadigan cho'yan, po'lat va prokat ishlab chiqarish jarayonida juda katta hajmdagi temir rudasi, kokslanadigan ko'mir va boshqa xil resurslarni ishlatishidir. Shu sababli dastlabki yillarda tarmoq korxonalari, asosan, yirik kokslanadigan ko‘mir konlari hududlarida shakllandi. FTI davrida tarmoqda yangi ishlab chiqarish texnologiyasiga o`tish tufayli temir rudasi va kokslanadigan ko`mirni jahonning turli mintaqalaridan keltirish imkoniyatlari ancha kengaydi. Natijada G'arbiy Yevropa davlatlari, Yaponiya, qisman AQSHning qora metallurgiya korxonalari tobora dengiz portlari atroflarida joylashtirila boshlandi.
Jahon qora metallurgiya sanoatida hozirgi vaqtda xomashyo resurslarini yetkazib beruvchi, tayyor metall mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va ularni iste’mol qiluvchi mamlakatlar guruhlari shakllangan. Jumladan, temir rudasini jahon bozoriga chiqarishda Braziliya, Avstraliya, Hindiston, JAR, Liberiya davlatlari, po'lat ishlab chiqarishda Xitoy, Yaponiya, Rossiya, AQSH, Ukraina, Germaniya davlatlari ajralib turadi. Umuman, jahonda yiliga 1 mlrd. temir rudasi qazib olinadi. Uning asosiy qismi Xitoy, Braziliya va Avstraliyaga to`g`ri keladi (50-60%). Temir rudasini katta miqdorda import qiluvchi mamlakatlar – AQSH, Xitoy, Buyuk Britaniya, Yaponiya, GFR, Koreya Respublikasi. Tayyor metall mahsulotlarini iste’mol qilishda esa, asosan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar yetakchilik qilmoqdalar. Jahonda ishlab chiqarilayotgan po'latning 80 foizi rivojlangan davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
MASHINASOZLIK VA METALLNI QAYTA ISHLASH
Mashinasozlik va metallni qayta ishlash tarmog`i ishlab chiqarayotgan mahsulotlari umumiy qiymatiga ko`ra sanoat tarmoqlari orasida eng yirigi va ahamiyatlisidir. Unga yalpi sanoat mahsuloti qiymatining 35%i to`g`ri keladi. U turli mashina va texnologik uskunalar, murakkab o`lchov apparatlari va asboblar, kompyuter texnikasi va raketa-kosmik texnikasi, bir so`z bilan aytganda, "ignadan samolyotgacha” turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqaradi.
Mashinasozlikning rivojlanish darajasiga ko'ra jahonning to'rt mintaqasi alohida ajralib turadi. Ularning eng yirigi Shimoliy Amerika mintaqasidir. Undagi AQSH, Kanada va Meksika davlatlari hissasiga jahon mashinasozlik mahsulotlarining 30 foizi to'g'ri keladi va deyarli barcha xildagi mashina va uskunalar ishlab chiqariladi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling