Namangan Davlat Unversiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya yo’nalishi 2- kurs talabasi Mansurova Kumushxonning Jahon xo’jaligi geografiyasi fanidan taqdimoti jahon sanoat tarmoqlari tarkibi va rivojlanish xususiyatlari Reja


Download 0.6 Mb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1417865
1   2   3   4
Bog'liq
JAHON SANOATI

KIMYO VA NEFT-KIMYO SANOATI
Kimyo sanoati FTI davrida sanoatning rivojlangan tarmoqlaridan biridir. U XX asr davomida alohida tarmoq sifatida shakllandi va eng yuqori sur`atlarda rivojlanishga erishdi. Ko`p sifatlariga ko`ra mazkur tarmoq mashinasozlik sanoatiga o`xshab ketadi. U ham to`rt mintaqada har taraflama rivojlanishga erishgan. Bular Yevropa, Shimoliy Amerika, Sharqiy va Janubi-sharqiy Osiyohamda MDH davlatlaridir. 
Hozirgi vaqtda jahon kimyo mahsulotlarining 23-24% I Yevropada ishlab chiqarilmoqda. Ushbu ko`rsatkich AQSHda 20% ga, Yaponiyada 15% ga< Fors ko`rfazi mintaqasida 7%ga teng. Unda va ikkinchi mintaqa hisoblanadigan Shimoliy Amerika (ayniqsa, AQSH)da kimyo sanoatining deyarli barcha tarmoqlari, birinchi navbatda, neftni qayta ishlash va neft-kimyo har taraflama rivojlangan. 

O`RMON, YOG`OCHNI QAYTA ISHLASH VA SELLULOZA-QOG`OZ SANOATI

O`rmon va yog`ochni qayta ishlash sanoatining hududiy joylashuvi ko`p hollarda jahon o`rmon resurslari geografiyasiga monand shakllangan. XXI asr boshlarida jahon bo`yicha bir yilda jami 4 mlrd. m kub yog`och tayyorlanadi. Shuning 2/3 qismiga yaqini Shimoliy o`rmon mintaqasi hissasiga to`g`ri keladi. Ma`lumki, Shimoliy o`rmon mintaqasida, asosan, ignabargli daraxtlar o`sib, ulardan yog`och-taxta, selluloza-qog`oz va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ushbu mintaqada joylashgan Kanada, AQSH, Rossiya, Finlandiya, Shvetsiya davlatlari yog`och va yog`ochsozlik mahsulotlari ishlab chiqarishda xalqaro ixtisoslashuvga ega. Bu davlatlar yog`och-taxta va selluloza-qog`oz ma tayyorlash va eksport qilishda ham eng yuqori ko`rsatkichlarga ega. Bu borada Kanada alohida ajralib turadi. U jon boshiga yog`och tayyorlashda birinchi o`rinda turadi. Unda 1500 dan ortiq taxta tilish zavodlari bor. U dunyodagi eng katta selluloza-qog`oz kombinatiga ega. G`arbda ishlab chiqarilayotgan gazeta qog`ozning 40% i va gazeta qog`ozi eksportining 60% i ham shu davlat hissasiga to`g`ri keladi. Shu bilan birga, jon boshiga qog`oz ishlab chiqarishda Finlandiya, Shvetsiya va Kanada davlatidan oldinda turadi. Jahon bo`yicha bu ko`rsatkich o`rtacha 45 kg ni tashkil qiladi.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling