9
Kondensatsion (tez bug‘lanuvchi suyuqlikli) manometrik
termo-metrlar yordamida
0 ... 200° S gacha bo‘lgan xaroratni o‘lchash mumkin. Bunday termometrlarning
termometrik sistemasi metil xlorid, etil xlorid, atseton, benzol kabi tez bug‘lanuvchi suyuq
moddalar bilan to‘ldiriladi.
Termoballondagi to‘yingan bug‘ hajmining o‘zgarishi xaroratni o‘zgarishi
bilan
to‘g‘ri chiziqli funksiya bo‘yicha bog‘lanmasligi sababli bunday termometrlarning shkalasi
bir tekis bo‘lmaydi.
Manometrik termometrlar GOST 13417–67 bo‘yicha ikki turda tayyorlanadi:
ko‘rsatuvchi (strelkali) va yozib oluvchi.
Ko‘rsatuvchi manometrik termometrlarning elektr kontaktlilari ham ishlab
chikariladi. Bu termometrlar ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda
issiklik jarayonlarini
signallashtirish, avtomatlashtirish va xavfli vaziyatlarni oldini olish uchun keng qo‘llaniladi.
Yozib oladigan manometrik termometrlar soat mexanizmi yoki kichik sinxron
elektrik yuritmalar bilan birga ishlab chiqariladi. Bu yuritmalar
xaroratni yoziladigan
qog‘oz lentani bir xil tezlikda surib turish uchun xizmat qiladi.
Termometrik sistemasi gaz va suyuklik bilan to‘ldirilgan termometrlarning o‘lchov
aniqligi 1; 1,6; 2,5; simob bilan to‘ldirilgan termometrlarning o‘lchov aniqligi 0,6; 1; 1,6 va
kondensatsion termometrlarning o‘lchov aniqligi 1; 1,6; 2,5; 4.
Do'stlaringiz bilan baham: