Bimetalli termometrlar. Ularning ishlash prinsipi bir-biriga payvand yo‘li bilan
yopishtirilgan, ikki xil cho‘zilish koeffitsiyentnga ega bo‘lgan (1 > (2 bir juft 1–2 metall
plastinkaning (2- rasm) plastinka 2 tomoniga egilishi ularga ta’sir qiladigan issiqlik
miqdoriga mutanosibli-giga asoslanadi. Bimetall plastinkaning egilishi reduktor orqali
o‘lchov asbobining strelkasi 3 ni shkala bo‘yicha buradi. Muhit xaroratni selsiy shkalasi
bo‘yicha aniqlanadi.
2-rasm. Bimetalli termometr. 1,2 – bimetall plastinkalar; 3 – ko‘rsatuvchi strelka.
Dilatometrik termometrlar.
Dilatometrik termometrlarning ishlash prinsipi undagi
sterjenlarning issiqlikdan bo‘yiga (chiziqli) cho‘zilishiga asoslanadi. Bunday
termometrlardan eng soddasining tuzilish sxemasi 3- rasmda ko‘rsatilgan, Undagi trubka 1
va sterjen 2 xaroratni o‘lchanishi lozim bo‘lgan muhitga kiritilganda trubka 1 ichiga
kiritilib, uning tubiga mustahkam payvandlangan sterjen 2 va trubka 1 ning nisbiy
cho‘zilishiga muvofiq richag sistemasi siljiydi va strelka 3 ni shkala bo‘yicha buradi. Agar
trubka 1 issiqlikdan cho‘zilish koeffitsiyenti katta bo‘lgan metall – nikeldan, uning ichidagi
sterjen 2 issiqlikdan cho‘zilish koeffitsiyenti
2
juda kichik bo‘lgan invardan
tayyorlangan, ya’ni
2
<
1
bo‘lsa, sterjenlarning (L nisbiy cho‘zilishini
L =
(
1
–
2
) (3)
formula bo‘yicha topiladi, bu yerda
– boshlang‘ich va so‘nggi xaroratlarni farqi, ya’ni
muhit xaroratnining o‘zgarishi
3 – rasm. Dilatometrik termometr. 1 – nikel yoki jez trubka. 2-
invar sterjen. 3 – strelka.
Nazorat savollari
1. Simobli termometrning prinsipial sxemasini keltiring, uni ishlashini qisqacha qilib
tushuntirib yozing;
2. Simobli termometrning kengaytirilgan va soddalashtirilgan struktura sxemalarini
keltiring;
3. Termometrning statik va dinamik tanglamasini keltirib chiqaring.
Do'stlaringiz bilan baham: |