Namangan muhandislik-qurilish instituti «informatika va at» kafedrasi
Download 1.27 Mb. Pdf ko'rish
|
Laboratoriya mashg\'ulotlari USLUBIY KO\'RSATMA
7 2-LABORATORIYA ISHI MANOMETRIK TERMOMETRLAR Termometrning tuzilishi va ishlash prinsipini o‘rganish, o‘lchash asbobini xususiyatlarini mashinali eksperiment yordamida o‘rganish. Asosiy qism Manometrik termometrlarning ishlash prinsipi germetik yopiq hajm ichiga joylashtirilgan termometrik moddalar (gaz, suyuklik va kondensatsion suyuqlik) bosimi ular kiritilgan muhit xaroratniga mutanosib bo‘lishiga asoslanadi. Germetik hajm termometrik gaz bilan to‘ldirilsa, gazli manometrik termometr, suyuklik bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, suyuqlikli manometrik termometr va agar kondensatsion (tez bug‘ga aylanadigan) suyuqlik bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, bug‘lanuvchi suyuklikli manometrik termometr deb nomlanadi. Ularning o‘lchash prinsipi gazli manometrik termometr (1-rasm) ga o‘xshash. Gazli manometrik termometrlarda sezuvchi element sifatida termaballon 1, bosim uzatuvchi element sifatida kapillyar trubka 2, o‘lchov o‘zgartkich elementi sifatida manometrik prujina 3 (Burdon trubasi), o‘lchov o‘zgartkich mexanizmi 4 va o‘lchash natijalarini ko‘rsatuvchi element sifatida strelka 5 hamda shkala 6 dan foydalaniladi. Termoballon xarorati o‘lchanishi kerak bo‘lgan muhitga kiritiladi. Shunda muhit xaroratiga muvofiq, germetik hajm (termoballon, kapillyar-nay, (Burdon trubasi), silfonli membrana va boshqalar) ichidagi gaz, suyuklik yoki bug‘ bosimi o‘zgaradi. Bu o‘zgarish miqdori strelka yuradigan o‘lchash shkalasidan aniqlanadi. Gazli manometrik termometrlarda germetik hajm azot yoki geliy bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Bu gazlarning issiqlikdan kengayish koeffitsiyenti ideal gazlarnikiga yaqin bo‘lganligi tufayli gazli manometrik termometr-larning xarakteristikasi R(() to‘g‘ri chiziqli, o‘lchash shkalasi esa bir tekis bo‘ladi. Gazli manometrik termometrlar 600°S gacha xaroratni o‘lchashga mo‘ljallanadi. Manometrik termometrlarning o‘lchash aniqligiga tashqi bosim va tashqi muhit xaroratining o‘zgarishi sezilarli ta’sir qilishi mumkin. 1 – rasm. Manometrik termometr. 1-termoballon, 2 – kapillyar- nay, 3-Burdon trubkasi, 4-richag sistemasi, 5-strelka, 6-shkala. Tashqi bosim o‘zgarishining o‘lchash aniqligiga ta’sirini kamaytirish yoki yo‘q qilish uchun germetik hajm (1, 2, 3) ga gaz boshlang‘ich bosim R0 bilan to‘ldiriladi. Boshlangich bosim R0 8 miqdorini hisoblab topish uchun xarorat o‘zgarishi bilan bosim o‘zgarishi orasidagi bog‘lanishdan foydalaniladi: Р = Р - Р0 = Р0 ( - 0) (1) bundan Р0 = Р/ ( - 0) bu yerda =1/273.15 – gazning termik kengayish koeffitsiyenti, – xaroratning yuqori qiymati; 0 – boshlang‘ich tashqi muhit xaroratniing qiymati +20° С; Р 0 – germetik hajm ichidagi gazning 0 gradusdagidagi boshlang‘ich bosimi. Boshlang‘ich gaz bosimi miqdori o‘lchanadigan xaroratning kattaligiga qarab aniqlanadi. Tashqi muhit xaroratining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan xaroratni o‘lchashdagi xatolik qiymatining asosiy qismi kapillyar trubka tufayli vujudga keladi, chunki uning ichki diametri 0,2. . . 0,5 mm, uzunligi 1 ... 60 m gacha oraliqda tashqi muhit ta’sirida bo‘lishi bunga sabab bo‘ladi. Kapillyar trubkaning o‘lchashga kiritadigan bu xatoligini =Vк/Vб( к- 0) (2) formula bo‘yicha aniqlash mumkin, bu yerda V к – kapillyar trubka hajmi, V б – termoballon hajmi, К – kapillyar trubka joylashgan tashqi muhit xarorati °S. Termoballon hajmi ko‘pincha termoballon – kapillyar trubka va termometrik prujina umumiy hajmining 90 foizini tashkil qiladi. Manometrik termometrlarning qo‘llanilishiga cheklanish kiritadigan kamchiliklari sifatida o‘lchov asbobining inersionligi va termoballon o‘lchamlarining katgaligini ko‘rsatish mumkin. Download 1.27 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling