Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


 Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

10.4. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti 
vazifalari (SMSITI


130 
SMSITI standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalarida asosiy ilmiy-
uslubiy baza hisoblanadi. U ilgarigi sobiq Ittifoq Gosstandarti tarkibidagi bosh ilmiy tadqiqot 
institutiga tegishli bo’lgan funktsiyalarni bajarish bilan bir qatorda, yuqorida qayd etilgan 
sohalar bo’yicha fundamental tadqiqotlar olib boradi. SHu sohalardagi belgilangan maqsadlarni 
amalga oshirish uchun u: 
- standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifati sohalarida hozirgi 
xalqaro talablarga javob beradigan milliy ilmiy baza yaratadi; 
- standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifati milliy tizimlarini 
yaratishda ularning ilmiy va uslubiy asoslarini ishlab chiqadi; 
- mahsulotning raqobatdoshlik qobiliyatini ta’minlaydigan, atrof-muhitni ishonchli 
darajada himoya qilishga, inson sog’lig’ini saqlashga, mehnat xavfsizligini ta’minlashga, 
mudofaa qobiliyatini oshirishga qaratilgan xalqaro, me’yoriy va tashkiliy-uslubiy hujjatlar bilan 
uyg’unlashadigan, asos bo’luvchi hujjatlar ishlab chiqadi va joriy etadi; 
- standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi mavjud yoki uchraydigan muammolarni 
tadqiqot qilish, davlat tilida me’yoriy hujjatlar, ma’lumotnomalar, lug’atlar yaratadi; 
- yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlaydi; 
- standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifatining ilmiy masalalari 
bo’yicha xalqaro milliy va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi; 
- standartlashtirish, 
metrologiya 
va 
sertifikatlashtirish 
sohalarida 
ishlayotgan 
mutaxassislarning malakasini oshirishni ta’minlaydi; 
- sertifikatlashtirish sohasida ishlaydigan ekspert-auditorlarni tayyorlaydi va boshqalar.
Institut tashkil qilinganiga ko’p vaqt o’tmaganligiga qaramay shu kunga qadar Respublika 
hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan bir qator hujjatlar yaratdi va yaratmoqda.
O’zbekiston Respublikasining sertifikatlashtirish milliy tizimining ilmiy-usuliyat markazi 
bo’lib, «O’zstandart» agentligi qoshidagi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish 
ilmiy 
tadqiqot 
instituti 
(SMSITI) 
hisoblanadi. 
Standartlashtirish, 
metrologiya 
va 
sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi 7-rasmda keltirilgan. 


131 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling