Namangan muhandislik-qurilish instituti "menejment" kafedrasi r. Ismatov, O. Ahmedov


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/100
Sana17.09.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1680372
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   100
Bog'liq
Namangan muhandislik-qurilish instituti menejment kafedrasi r.

 
 


134 
Nazorat uchun savollar 
1. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish hududiy markazlari – SMSHM 
2. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti vazifalari 
3. Bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idoralari 
4. Akkreditlangan sinash laboratoriyalari 
5. Sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni sertifikatlashtirish idoralari 
11-Mavzu. Metrologiya xizmat. O’lchovlarga bo’lgan ehtiyojning paydo bo’lishi 
11.1. Metrologiya rivojlanishining qisqacha tarixi 
11.2. O’lchov ob’ektlari va vositalari 
11.3. O’lchash nazariyasining asoslari 
11.4. Davlat metrologik ta’minoti asoslari 
11.5. Metrologik nazorat. Hukumat metrologik ta’minotining asosiy vazifalari 
11.1. Metrologiya rivojlanishining qisqacha tarixi. 

Metrologiya fani fan sifatida o’lchash bilan bog’liq bo’lgan ancha muammolarni o’z 
ichiga oladi. Metrologiya so’zi qadimgi grek tilidan olingan bo’lib "metro" - o’lchov, "logos" - 
ta’limot degan ma’noni anglatadi. 
Metrologiya bu o’lchovlar ularning birliklarini ta’minlash vositalari va talab qilingan 
aniqlikka erishish usullari haqidagi fandir. GOST 16263-70 ga ko’ra metrologiya – o’lchashlar, 
ularni birligini ta’minlashning usullari va vositalari va talab qilinadigan aniqlikka erishish 
usullari haqidagi fan. O’lchovlarga bo’lgan ehtiyoj juda qadim zamonlardan beri paydo
bo’lgan. Qimmatbaho toshlar og’irligi o’lchangan karat birligi bizning davrimizgacha yetib 
kelgan. Ma’nosi janubiy sharqiy tillarda dukkakli don urug’i, nuxat degan ma’noni bildiradi. 
Kiev rusida xalq orasida vershok uzunlik birligi ishlatilgan bo’lib uzunligi ko’rsatkich 
barmoqning oxirgi bug’in o’zunligiga teng bo’lgan. 
Pyadь uzunlik birligi, "pyaternya", "pyatь" so’zlaridan olingan bo’lib, kerilgan bosh va 
ko’rsatkich barmoqlar orasidagi masofa. SHu bilan birga tabiiy o’lchovlar ham o’zining kelib 
chiqish tarixiga ega. Ular hozirgi vaqtda keng tarqalgan vaqt o’lchov birliklaridir. Astronomik 
kuzatishlar asosida qadimgi vavilonliklar yil, soat, oy birliklarini topishgan. 
Er sharining o’z o’qi atrofida aylanish davri ulushining 1/86400 qismiga teng kattalik 
sekund deb nom olgan. 
Eramizdan oldingi II asrda Vavilonda vaqt mina birligida o’lchangan. Mina bu suv
soatidan oqib tushgan vaqtga teng bo’lgan, suvning og’irligi 500gr. ga teng bo’lgan. 
SHundan so’ng minut so’zi kelib chiqqan. 1824 yil uzunlik birligi sifatida yard qabul 
qilingan. 
Savdo sotiqning rivojlanishi nafaqat o’lchovlarni aniqlashtirishni, balki ularni dengizorti 
o’lchovlari bilan moslashtirish, nazorat tekshiruv faoliyatini kuchaytirishni ham taqozo etadi. 
10 lik asosda o’lchov tizimini qurish g’oyasi XVII asrda Frantsiyada yashab o’tgan
astronom Mutanga tegishli. Feodallar o’zlarining o’lchov birliklaridan foydalanish huquqiga
ega bo’lgan Frantsiyada soliqlar yig’ish va boj to’lovlarini undirishda yakdillikka erishish 
masalasi dolzarb bo’lgan. 1790 y. 8 mayda Frantsiya Ta’sis yig’ini o’lchov sistemasini isloh 
qilish haqida dekret qabul qildi va Parij fanlar akademiyasiga mos takliflar ishlab chiqishni 
topshirdi. Lagranj rahbarlik qilgan akademiya komissiyasi o’lchov birliklarining o’nlik tizimini 


135 
taklif qildi, tarkibiga Laplas kirgan boshqa bir komissiya uzunlik o’lchovi birligi sifatida yer 
meridianining milliondan bir qismini qabul qilishni taklif qildi. Ana shu yagona birlik metr 
asosida metrik sistema shakllandi.
Maydon- m 
2
, hajm - m
3
, massa - kg (4
o
S temperaturada toza suvning 1 dm
3
dagi massasi) 
ushbu metrik tizim asosida qabul qilingan. 
1799 yil bu ish xalqaro komissiya nazorati ostida kuzatilib Frantsiya arxiviga 
topshirilgan. 
Afzalliklariga qaramasdan metrik sistema qiyinchilik bilan joriy qilindi.  
O’zbekiston Respublikasining metrologiya haqidagi qonuni 
Oliy davlat hukumatining asosiy metrologik qoidalari 1993 yil 28 dekabrda qabul 
qilingan "Metrologiya to’g’risidagi qonun" da ko’rsatilgan. Bu qonun 5 ta bo’lim, 21 ta 
moddadan iborat.

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling