Namangan muhandislik-texnologiya instituti kimyoviy-texnologiya kafedrasi yuqori molekulyar birikmalar
Download 370.11 Kb.
|
YuMB Kim-Fiz tajriba Uslubiy Ko\'rsatma 9BU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jihozlar
5-TAJRIBA MASHG`ULOTI
MAVZU: Potensiometrik titrlash uslubi bilan polimer (poliakril) kislotasining dissosatsiyalash konstantasini aniqlash. Ishdan maqsad: potensiometrik titrlash yordamida, kuchsiz polielektrolitlar bo’lgan, poliakril kislota (PAK) va polidimetilaminoetilmetakrilat (PDMAEMA) orasidagi peaksiyalarning muvozanatni o’rganish. Reaktivlar: 0.01 n PAK ning suvli eritmasi; 0,01 n poliakril kislotasining natriyli (PAK -Na) tuzining suvli eritmasi; 0,01 n polidimetilaminoetilmetakrilatni gidroxloridini (PDMAEMA HCl) suvli eritmasi; HCl ning 0,1 n eritmasi; NaOH-ning 0,1 n eritmasi. Jihozlar: pH-metr; 10ml.li silindr; 50 ml.li stakanlar; 2 ta 2 ml.li mikrobyretka. Ishning bajarilishi: Poliasos va polikislotaning eritmalarini titrlash. 20 ml PAK(yoki PDMAEMA) 0,01 n suvli eritmasi olinib pH=3 bo’lgungacha 0,1 n HCl eritmasi bilan) titrlanadi. Polielektrolit aralashmalarini titrlash. 20 ml (PAK + PDMAEMA.HCl) eritmalarining yekvimolyar aralashmasini 0,1n NaOH eritmasi bilan to pH=8,5 bo’luncha titrlanadi. Shunga o’xshash 20 ml (PAK -Na+ PDMAEMA) yekvimolyar aralashmasi pH=3 bo’lguncha 0,1 n HCl eritmasi bilan titrlanadi. Olingan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi:
Olingan natijalarni hisoblash. Bitta chizmaga olingan to’rtala polensiometrik titrlash yegri chiziqlari chiziladi. Kislotali muhitda boradigan almashuv reaksiyasining tugallanishi darajasi (ө) ni (6.8 yoki 6.9)-tenlama bo’yicha hisoblanadi. Hisoblar uchun olib boriladi. Lekin bu nuqtalar dastlabki aralashmaning pH Bilan PAK ning pH ga to’g’ri keladigan qiymatlari oralig’ida olinishi lozim. Olingan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi:
Ishqoriy muhitda boradigan reaksiyaning tugallanish darajasini (6.11) tenglamadan hisoblanadi va pH xar, PA = 6,7 deb qabul qilinadi. Hisoblar uchun titrlash yegri chizig’idagi xohlagan pH ning 5 ta ixtiyoriy nuqtasi uchun olib boriladi, bu nuqtalar dastlabki aralashma va poliasos eritmalarining pH lari oralig’ida bo’lishlari loizim. Olingan natijalar quyidagi jadvalga yoziladi:
Olingan θ-pH bo’lgan yegri chiqiklar grafik ravishda bitta rasmda ifodalanadi. Download 370.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling