85
36-rasm. Cho`ntak klaponini pnevmatik press qilish dastgohi
Shimning old bukloviga shakl beruvchi pressidan foydalanish
1.
Asosiy yoqish tugmachasi (4) yoqish.
2.
Restart tugmachasi (6) bosilganda monitor faollashadi.
3.
Mato turiga qarab (7) monitordan kerakli programmani tanlash.
4.
Shimni tekis qilib pressga joylash.
5.
(2) pedalini bosilganda vaakum ishga tushadi.
6.
(3) start pedalini bosilganda yuqori peress ishga tushib pastlaydi va
asosiy operasiya bajariladi.
7.
(1)
pedal xavo berish pedalidir, dazmol qilish uchun undan
foydalaniladi.
8.
Favqulodda to`xtatish uchun monitor pastida joylashgan (6) knopkani
bosiladi.
86
37-rasm. Shimning old bukloviga
shakl beruvchi press
Texnika xavfsizligi yo`riqnomasi
1. Presslash joyidagi besaranjomlik xavf -xatarga olib keladi,
uskuna va uning
atrofini toza tutish kerak.
2. Presslash jarayonida yoki uni ta'mirlash paytida uskunada ko`rsatilgan
extiyotkorlik choralari ko`riladi. (ogoxlantirish belgilarga amal qilish kerak)
3. Yaqin atrofda alanga oluvchi suyuqlik yoki gazlar bo`lsa uskunadan
foydalanish qat`iyan man etiladi.
4. Yetarli darajada malakaga ega bo`lmagan xodimlarni undan foydalanishga yo`l
qo`yilmaydi.
87
5. Bu uskuna xavfsizlik qoidalariga muvofiq ravishda ishlab chiqarilgan. Shuning
uchun ta'mirlash ishlariga faqat kuchli elektr mutaxassislarni jalb etiladi. Aks
xolda operator xavf ostida qolishi mumkin.
6. Dastgox extiyot qismlarni almashtirganda faqat asl (original) extiyot qismlardan
foydalaniladi.
7. Dastgox yongan faol ish paytida uni qarovsiz qoldirish man etiladi.
8. Dastgoxni ta'mirlashdan oldin asosiy kuchlanish joyi (4) dan uni o`chiriladi.
Shuningdek bug` xam o`chgan xolatda bo`lishi shart.
9. Dastgoxni ximoya qapqoqlarisiz ishga tushirish mumkin emas.
10. Tozalov ishlarini amalga oshirganda dastgox mutlaqo o`chgan
va dazmol
qilish, ishlov berish joylari sovugan bo`lishi kerak.
11. Ishlash paytida e'tiborli bo`lish, xarakatlanyapgan mexanizmga yaqin
bormaslik kerak. Bosh va barmoqlarni issiq press orasida qoldirish man etiladi.
12. Dastgox o`ziga
yarasha shovqin bilan ishlaydi, tebranishlar va radiasiya
tarqatishlar kuzatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: