Bitumning aktiv yopishqoqligini aniqlash
3 ta shisha probirkaga 8±0,1 grammdan marmar yoki qum namunalari solinib, ustiga 10 ml.dan distillangan suv va uning ustidan 0,32±0,01 g.dan bitum quyiladi, shisha qopqog‘i yopiladi, suvli hammomga o‘rnatiladi va probirkaning suvdan chiqib turgan qismi ham qizishi uchun stakan bilan yopiladi va 10 minut saqlanadi. Stakan suvli hammomdagi suvga tegib turishi lozim. Tajriba qovushqoq bitumlar bilan o‘tkazilganda suvli hammomdagi suv qaynatilishi, suyuq bitumlar uchun esa suvli hammom harorati 55-60 0S bo‘lishi kerak.
10 minutdan so‘ng probirkalar suvli hammomdan chaqqonlik bilan olinib, oldindan tayyorlangan issiq saqlovchi chexol bilan o‘raladi va 2 minut davomida probirkaning o‘qi bo‘ylab minutiga 140-160 marta aylantirib aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan namunalar shisha plastinkalar ustiga to‘kiladi.
Bitumning yopishqoqligi tayyor bo‘lgan namunalarni namunaviy suratlar bilan solishtirib aniqlanadi.
Bitum marmar yoki qumni to‘liq qoplagan hol.
Bitum marmar yoki qumni ¾ qismini qoplagan hol.
Bitum marmar yoki qumni ¾ qismidan kam qismini qoplagan hol.
Bajardi:
Qabul qildi:
Laboratoriya ishi № 9.
Mavzu: Suyuq bitumning shartli qovushqoqligini aniqlash.
Suyuq bitumning qovushqoqligini aniqlashda viskozimetr asbobidan foydalaniladi. Bunda sinov harorati 60 ºS bo‘lgan 50 ml. bitumning silindrning tagidagi 3-5 mm.li teshikdan o‘tish vaqtiga qarab belgilanadi va shartli ravishda S560 tarzida belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |