Sinovga tayyorlash:
Oquvchan holatgacha qizdirib suvsizlantirilgan bitum № 07 elakdan o‘tkaziladi va havo pufakchalari yo‘qolguncha aralashtirladi. Sinovdan oldin bitum balandligi 15-20 mm.li yangi qizdirilgan yirik kristalli tuz yoki kalьsiy xlorid yordamida filьtrlab suvsizlantirilishi lozim.
Viskozimetr silindrining ichki qismi va sharikli klapan benzin bilan artiladi va quritiladi, silindrning oqim teshigi sharikli klapan bilan yopiladi va tagiga shkalali shisha silindr qo‘yiladi. Viskozimetr suvli hammomi 61-62 ºS suv bilan to‘ldiriladi va termometr yordamida kuzatilib, zarurat bo‘lsa qizdirish yo‘li bilan harorat ushlab turiladi. Hammomdagi suv harorati bir xilda bo‘lishi uchun aralashtirib turiladi.
Sinov o‘tkazish:
Tayyorlangan bitum xona haroratigacha sovutiladi va kamida 1 soat saqlab turiladi. Sinov o‘tkazish uchun harorati 62-63 ºS gacha qayta qizdirib viskozimetr silindriga qo‘yiladi va termometr bilan yaxshilab aralashtiriladi. Bitum harorati 60±0,5 ºS ga kelganda avval termometr va so‘ngra klapan olib tashlanadi va bitum tagidagi shisha silindrga devorlariga tekkizmay quyiladi. Bitum shisha silindrning 25 ml. ko‘rsatgichiga kelganda sekundomer ishlatilib va 75 ml.ga yetganda to‘xtatiladi.
Suyuk bitumning shartli qovushqoqligi sekundlarda 60 ºS haroratli 50 ml. bitumning 5 mm teshikdan oqib tushgan vaqtiga tengdir. Tajriba ikki marta takror o‘tkazilib, natijalarining o‘rtacha qiymati olinadi. Bunda natijalar farqi qovushqoqlik 40 sekundgacha bo‘lganda 2 sekunddan oshmasligi, qovushqoqlik 40 sekunddan yuqori bo‘lganda kichik qiymatning 10% dan oshmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |