Laboratoriya ishi № 7.
Mavzu: Bitumning chaqnash haroratini aniqlash.
Bitumning chaqnash va alangalanish harorati Brenken asbobi yordamida aniqlanadi.
Chaqnash va alangalanish harorati BN markali bitumlar uchun 180 0S dan kam emas, boshqa turdagi qovushqoq bitumlar uchun 200 0S, o‘rtacha quyuqlanuvchi (SG) va sekin quyuqlanuvchi (MG) sinflariga kiruvchi suyuq bitu mlar uchun 65-120 0S gacha bo‘ladi.
Kerakli jihozlar: Brenken asbobi, qumli hammom (po‘lat tigel), termometr, sekundomer, gugurt, gaz gorelkasi, bitum.
|
1 – ustun (shtativ);
2 – termometrni ushlovchi tayanch;
3 – termometr;
4 – bitum quyiladigan idish (po‘lat tigel);
5 – qumli hammom (po‘lat tigel);
6 – o‘t oldirish naychasi (gorelka).
7 – po‘lat tigelni ushlovchi tayanch.
|
4.1.-rasm. Brenken asbobi
|
Sinovga tayyorgarlik:
Qum solingan tigel (d=64±1, h=47±1, devori qalinligi 1 mm) ning ichiga o‘rnatilgan kichik tigelga oldindan suvsizlantirilgan va suyultirilgan bitum solinadi. Bitum tigel qirrasidan 12 mm. pastda bo‘lishi, xuddi shunday qum ham bitum bilan bir xil balandlikda bo‘lishi lozim. Bitumning yuza qismidan va tigelning tag qismidan bir xil masofada o‘rtasiga termometr o‘rnatiladi. Qumli tigel va bitumli tigel devorlari orasida 5-8 mm. qalinlikda qum bo‘lishi kerak.
Sinovni o‘tkazish:
Bitum avvaliga minutiga 10 0S harorat tezlikda qizdiriladi. Taxminiy chaqnash haroratiga 40 0S qolganda, isitish tezligi minutiga 4 0S tezlikda bo‘lishi talab etiladi va bitum harorati har 2 0S ga ko‘tarilganda bitum yuzasiga olov tutiladi. Olov 2-3 sekund davomida bitum yuzasidan 10-14 mm. balandlikda gorizontal ravishda tigel chekkasi bo‘ylab sekin aylantirib turiladi. Olovning uzunligi 3-4 mm. bo‘lishi lozim
Chaqnash harorati deb bitum ustida birinchi yashil olov hosil bo‘lgan vaktdagi termometr ko‘rsatgan haroratga aytiladi.
Bitumni yonish haroratini aniqlash maqsadida namunani minutiga 4 0S tezlikda qizdirish davom ettiriladi va harorat har 2 0S ga ko‘tarilganda yuqoridagi olov berish harakatlari takrorlanadi.
Yonish harorati deb, namuna ustiga olov tutilganda u yonib ketishi va yonishi 5 s dan ko‘p davom etgandagi termometr ko‘rsatgan haroratga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |