Namangan muxandislik-qurilish instituti


Download 1.18 Mb.
bet6/22
Sana14.02.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1198928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish texnalogiyalari

Sinov o‘tkazish:
Tayyor bo‘lgan bitum namunasi byuks bilan birgalikda hajmi kamida 0,5 litrli suv to‘ldirilgan boshqa idishga qo‘yiladi. Suvning harorati 25 0S va 0 0S bo‘lishi kerak. Suvli idish asbob stolchasiga qo‘yiladi va ignaning uchi bitum yuzasiga tegar-tegmas qilib o‘rnatiladi va strelka nolga qo‘yiladi.
Suvning harorati 25 0S bo‘lganda unga qo‘yilgan yuk ignaning og‘irligi bilan birgalikda 100 g, ignaning botish vaqti 5 sekund bo‘lishi kerak. Suvning harorati 0 0S bo‘lganda esa unga qo‘yilgan yuk ignaning og‘irligi bilan birgalikda 200 g, ignaning botish vaqti 60 sekund bo‘lishi kerak.
Natijalar shkaladagi ko‘rsatkichlardan olinadi. Aniqlashlar bitum yuzasining turli nuqtalarida 3 marta takrorlanadi. Bunda nuqtalar orasi va idish chekkasidan 10 mm bo‘lishi keark. Igna qayta botirilayotganda benzin bilan artib tozalanadi. Ignani botish chuqurligi deb (mm ning o‘ndan bir ulushida o‘lchanadi) 3 marta takrorlangan natijaning o‘rtacha olinganiga aytiladi.


Bajardi:


Qabul qildi:
Laboratoriya ishi № 4.
Mavzu: Bitumning yumshash haroratini aniqlash.

Kerakli jihozlar:



“Xalqa va shar” asbobi, 4 ta xalqa, 4 shar, termometr, sekundomer, shisha yoki metall plastinkalar, pichoq, stakan, gliserin, dekstrin, pinset, distillangan suv, isitish manbai (elektr plita yoki gaz gorelkasi), 0.7 mm li elak.







2.1.-rasm. Xalqa va shar asbobi

1 – shisha idish; 2 – pastki plastinka; 3 – ustki plastinka; 4 – qopqoq; 5 – termometr; 6 – sterjen; a – umumiy ko‘rinish; b – tajriba oldidan bitum surtilgan po‘lat xalqa ustiga o‘rnatilgan po‘lat shar; v – tajriba so‘ngida yuqori harorat ostida po‘lat xalqa ichidagi bitum ustiga o‘rnatilgan po‘lat shar og‘irligi ostida erib tushishi.




Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling