Namangan muxandislik-qurilish instituti


-rasm.Laboratoriya tebranma maydonchasi


Download 1.18 Mb.
bet4/22
Sana14.02.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1198928
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish texnalogiyalari

11-rasm.Laboratoriya tebranma maydonchasi.

Bikrlik 20 sekunddan katta qorishmadan namunalar tayyorlashda qorishma quyishdan odin qolipga avval uchlik biriktiriladi (uning balandligi qolip balandligiga teng), so‘ngra qolip tebranma maydonchaga o‘rnatilib, maxkamlanadi, keyin qolipga qorishma quyiladi (qorishmaning sat’i uchlikning yarim balandligiga etib turishi lozim), qorishma ustiga yuk bostiriladi; yukning bosim kuchi buyum tayyorlash uchun qabul qilingan bosimga teng bo‘lishi, lekin kamida 0,001 MPa bo‘lishi kerak; qolip to qorishma ustidagi yukning cho‘kishi to‘xtagunga qadar, ya’ni 30-60 sekund davomida tebratiladi. SHu muddat o‘tgandan o‘tgandan so‘ng yuk xam, uchlik xam olinadi, qolipdagi ortiqcha qorishma sidirib tashlanadi, yuzi silab tekislanadi.


Qolipdagi qorishma (namuna)lar keragicha zichlashgach, xarorati 16-20o S bo‘lgan xonada bir sutka saqlanadi; so‘ngra namunalar qolipdan chiqarib olinadi, tamalanadi va xarorati 20±2o S, namligi kamida 95% bo‘lgan quritish kamerasiga joylanadi; namunalar bu erda normal qurib qotadi. Kamerada stellajlarga namunalar balandlik bo‘yicha bir qator qilib tizilishi va oralari ochiq qoldirilishi kerak. Ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri suv purkab xo‘llash yaramaydi. Agar temir-beton buyumlar qizdirib tayyorlanadigan bo‘lsa, ularning mustaxkamlik chegarasini aniqlashga mo‘ljallangan namunalar xam tayyorlash vaqtida xuddi shunday sharoitda qizdirilishi lozim; qolipdan chiqarib olingan tayyor namunalar, to sinovdan o‘tkazilguniga qadar, normal sharoitda saqlanishi kerak.
Kub-namunalarning siqilishdagi mustaxkamlik chegarasi quyidagicha aniqlanadi. Kamerada xo‘l xolatda saqlangan namunalar kameradan chiqarib olingach, sinchiklab ko‘zdan kechiriladi, tayanch yuzalaridagi g‘udrlar egovlab yoki jilvirlab ketkaziladi, mayda-chuyda kovak-g‘ovaklar quyuq sement xamiri bilan suvab tekislanadi. SHundan keyin namunaning sinash paytida qanday vaziyatni egallashi va qaysi tomonlari tayanchga tegib turishi kerakligi aniqlanib, shu tomonlariga bo‘yoq yoki bo‘r bilan belgi chiziladi. Uning tayanib turadigan tomonlarini shunday tanlash kerakki, sinash choida ta’sir ko‘rsatadigan siquvchi kuch qolipdagi qorishma qatlamlariga nisbatan parallel yo‘nalsin. Kub-namunalar metall chizg‘ich bilan 1 mm gacha aniqlikda o‘lchanadi va texnik tarozida tortiladi. Namuna ish kesimining maydoni (mm2) uning ikkala tayanch maydonining o‘rtacha arifmetik qiymati sifatida xisoblab chiqariladi. Sinaladigan namunalar qolipdan chiqarib olingandan keyin laboratoriya xonasida 2-4 soat saqlanishi kerak.
Sinash paytida namunaning bir tomoni pressning ostki tayanch plitasida yotishi (markazi plita o‘qiga to‘g‘rilanishi) lozim. SHundan keyin plitaning elektr dvigateli yurgizib yuboriladi. Sinash jarayonida namunani siquvchi kuch sekundiga 0,4 – 0,8 MPa tezlikda oshirila borib, namunani emiradigan darajaga etkazilishi lozim.
Betonning siqilishidagi mustaxkamlik chegarasi Rb (MPa) emiruvchi kuch R (N) ning namuna kesimining dastlabki yuzasi S (mm2) ga nisbati sifatida aniqlanadi:
Rb= R/S
Uchta namunadan birining eng kichik sinash natijasi navbatdagi namunaning sinash natijasidan, ya’ni kattaroq ko‘rsatkichdan ko‘pi bilan 15% farq qilganda betonning siqilishidagi mustaxkamlik chegarasi uchta namunani sinash natijalarining o‘rtacha arifmetik qiymati sifatida xisoblab chiqariladi. Agar bu farq 15% dan katta bo‘lsa, betonning mustaxkamlik chegarasi ikki namunani sinash natijasida xosil bo‘lgan eng katta ko‘rsatkichlarning o‘rtacha arifmetik qiymati sifatida xisoblab chiqariladi. Betonning markasi (klassi) tomonlarining uzunligi 150 mm bo‘lgan kub-namunaning siqilishdagi mustaxkamlik chegarasi sifatida aniqlanadi. Kub tomonlarining uzunligi 70, 100, 200, 300 mm bo‘lganda mustaxkamlik chegarasi shunga yarasha 0,85, 0,95, 1,05 va 1,1 koeffitsientlar yordamida aniqlanadi.
150X150X150 mm o‘lchamli kub-namunalarning siqilishdagi mustaxkamlik chegarasiga asoslanib og‘ir beton uchun quyidagi marka (klass)lar belgilangan: M 10(v 7,5); M 150 (V 10); M 200 (V 15); M 250 (V 20); M 300 (V 25); M 350 (V 27,5); M 400 (V 30); M450 (V 35); M 500 (V 40); M 600 (V 45); M 700 (V 55); M 800 (V60).
Betonning mustaxkamligini istagan muddatda aniqlash xamda temir-beton konstruksiyalarining qoliplarini olib tashlash mumkinmi-yo‘qligini xal etish uchun quyidagi taqribiy empirik formuladan foydalanish mumkin:
Rn=R28
Bu erda Rn – betonning p sutkadan keyingi mustaxkamligi. MPa;R28 – betonning 28 sutkadan keyingi mustaxkamligi MPa.

Portlandsement qo‘shilgan o‘rtacha markali betonning 3 sutkadan ko‘proq vaqt quritilgandan keyin erishgan mustaxkamligini xisoblashda xam shu formula qo‘l keladi. Tayyor konstruksiyadagi betonning xaqiqiy mustaxkamligini bilish maqsadida sinovdan o‘tkaziladigan kontrol namunalar shu konstruksiyaga ishlatiladigan markadagi betondan tayyorlanishi va mazkur konstruksiya turgan sharoitdan farq qilmaydigan sharoitda quritilishi lozim.




4-SEMESTR BO‘YICHA

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling