Namangan muxandislik-qurilish instituti
Download 1.18 Mb.
|
Avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish texnalogiyalari
2-Laboratoriya ishi
Beton qorishmasining mustaxkamlik ko’rsatkichlarini aniqlash. Kerakli asbob va uskunalar Metall qoliplar, tebratish maydonchasi, metall chiviq, gidravlik vanna, gidravlik press. Ishning bajarilish tartibi: Kub namunalar tayyorlash uchun beton qorishmadan o‘rtacha namuna olinadi. Namuna olish usuli konstruksiyaning xiliga, beton qorishmani qolipga quyish, zichlash va quritish usuliga qarab tanlanadi. Qorishmadan olinadigan o‘rtacha namunaning massasi tayyorlanadigan va sinaladigan kub-namunalarning soniga muvofiq belgilanadi. Betonning siqilishdagi mustaxkamlik chegarasini bilish uchun tayyorlanadigan kub-namunalarining o‘lchamlari eng yirik to‘ldirgich donalarining o‘lchamiga bog‘liq: Namuna tomonlarining uzunligi, mm 70 100 150 200 300 To‘ldirgich donalarining eng yirigi, mm 10 va 20 40 70 100 va bundan mayda Kub-namunalar qismlarga ajratilgan cho‘yan yoki po‘lat qoliplarda tayyorlanadi; qolipning devorchalari qiyshaymaydigan, ya’ni shaklini o‘zgartirmaydigan, devorchalarning ichki yuzasi tegishlicha yo‘nibrandalab yoki jilvirlab tekislangan, qismlari sement suti sizib chiqmaydigan darajada o‘zaro jips birikkan bo‘lishi lozim. Qolipning yig‘ilgan xoldagi o‘lchami mutlaqo o‘zgarmasligi, tomonlar uzunligining belgilangan o‘lchamdan chetga chiqishi 1% dan oshmasligi, to‘g‘ri burchaklik shaklidagi qolipning tomonlari (devorchalari) orasidagi burchaklar to‘g‘ri bo‘lishi shart. Beton qorishma quyish oldidan qolipni qorishma qoldiidan tozalash, devorchalarining ichki yuzasini yoki qotgan betonning qolipga yopishib qolishiga yo‘l qo‘ymaydigan ishlatilgan moy yoki surkav moyi, masalan, OE-2 moyi bilan moylash kerak. Beton qorishmadan o‘rtacha namuna olingan paytdan xisoblaganda, qorishmani qolipga quyish va zichlash 20 minutdan uzoqqa cho‘zilmasligi lozim. Qorishmani qolipga quyish va zichlash usuli qorishmaning yoyiluvchanligiga qarab tanlanadi. Ni’oyat darajada yoyiluvchan (beton konusning cho‘kishi (KCH) 12 sm dan ortiq) qorishmani balandligi 150 mm dan ziyod bo‘lmagan 200 mm keladigan va bundan baland qolipga ikki qatlam qilib quyish va qatlamlar qalinligi bir xil bo‘lishi lozim; bunda xar bir qatlam 16 mm diametrli metall chiviq yordamida, namunaning chetlaridan o‘rtasiga tomon spiral yo‘nalishda shibbalash zarur. Ostki qatlamni shibbalashda chiviqning uchi qolipning tubiga etishi, ustki qatlamni shibbalshda esa chiviq ostki qatlamga 2 – 3 sm chuqurlikda botishi lozim. SHibbalash sonini belgilashda chiviqni xar 100 sm2 yuzaga 10 martadan botirish shart qilib qo‘yiladi, ustki qatlam shibbalanib bo‘lgach, qolipning yuzidan ortiqcha qorishma metall chizg‘ich bilan sidirib tashlanadi va yuzi silab tekislanadi. Juda yoyiluvchan (KCH<12 sm) va bikr qorishmalardan buyum tayyorlashda qolipga quyilgan qorishma tebratib zichlanadigan bo‘lsa, sinaladigan namunalarni tayyorlashda xam tebratish usuli qo‘llaniladi. Bunda qolipga normadan ko‘proq qorishma quyiladi, so‘ngra qolip tebranadigan standart maydonchaga o‘rnatilib, qisqichlar (2-rasm) bilan maxkamlab qo‘yiladi, tebratgich va sekundometr ishga tushiriladi, maydonchaning tebrana boshlagan vaqti qayd qilinadi. Qolipdagi qorishma butunlay zichlashgunga qadar maydoncha tebratilaveradi; qorishmaning ortiqcha cho‘kmay qo‘yishi, yuzi tekislanishi va sement xamiri paydo bo‘lishi uning zichlashib bo‘lganligini bildiradi. Odatda ana shu vaqt 30 sekundga oshirilgan bikrlik ko‘rsatkichiga mos keladi. 12> Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling