Namangan muxandislik texnologiya instituti pul va banklar
Download 1.58 Mb.
|
pul va banklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi va Jahon banki o‘rtasidagi hamkorlik
- 17.2-jadval.
17.1-jadval.XVFning O‘zbekistondagi texnik ko‘maklashish missiyasi167
167 www.cbu.uz (Ўзбекистон Республикаси Марказий банкининг расмий сайти) 150
O‘zbekiston Respublikasi va Jahon banki o‘rtasidagi hamkorlik1992 yil sentyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Jahon bankiga to‘la huquqli a‘zo bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Ozerbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Polsha, Serbiya, Shveytsariya, Tojikiston hamda Turkmaniston davlatlari bilan bir qatorda Jahon bankining Shveytsariya a‘zo-mamlakatlar guruhiga kiradi. Jahon bankining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligidir. 1992 yil sentyabr oyida Toshkentda Jahon bankining vakolatxonasi ochildi. 2014 yil dekabrdan boshlab vakolatxonaga Junxun Cho rahbarlik qilib kelmoqda. 17.2-jadval.Jahon banki tuzilmasidagi aktsiyalar va ovozlar soni168
O‘zbekistonning Jahon banki bilan hamkorligi «Davlatga ko‘maklashuv strategiyasi» hujjatida aks etgan yondashuvlarga asoslangan. Har uch yilda ishlab chiqiladigan strategiyada mamlakat iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari, 168 www.cbu.uz (Ўзбекистон Республикаси Марказий банкининг расмий сайти) 151 mamlakat iqtisodiyotining samaradorlik ko‘rsatkichlari va Jahon banki tomonidan kreditlash, tahlil, texnik ko‘mak berishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olinadi. O‘zbekiston Respublikasi va Jahon bankining 2016-2020 yillardagi hamkorlik strategiyasi umumiy qiymati 5,78 mlrd. AQSh dollarga teng bo‘lgan 31 ta investitsion loyiha amalga oshirilishini ko‘za tutgan, jumladan Jahon banki tomonidan beriladigan kredit miqdori 3,5 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lib, shundan elektroenergetikani modernizatsiyalash va sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirishga (1668 mln. dollar), transport infratuzilmasini (457 mln. AQSh dollar) va sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarini modernizatsiyalashga (211 mln. AQSh dollar), kommunal infratuzilmani rivojlantirishga (507 mln. AQSh dollar), neft va gaz sanoatini rivojlantirishga (225 mln. AQSh dollar), ta‘lim va sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirishga (95 mln. AQSh dollar), axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga (20 mln. AQSh dollar) va tijorat banklariga (320 mln. AQSh dollar) kredit liniyalarini ajratish rejalashtirilgan. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling