Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet66/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

Xotira abadiydir. Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan Ikkinchi jahon urushi frontlarida halok bo‘lganlarning xotirasini abadiylashtirish uchun 1998-yilda O‘zbekistonda Gitler Germaniyasi ustidan qozonilgan g‘alaba kuni – 9-may umummilliy «Xotira va qadrlash kuni»
deb belgilandi.


5-SINF TARIX / 55-MAVZU. Bir yodgorlik tarixi
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish
Registon deyilganda Sharq mamlakatlarida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham shaharning markaziy maydoni tushunilgan. Tarixda bunday maydonlarda turli tadbirlar – bayramlar, sayllar, tomoshalar o‘tkazilgan. Maydon o‘yilib ketmasligi uchun uning ustiga mayda tosh yotqizilgan.
Keyinchalik Registon maydonida Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalaridan iborat me’moriy majmua bunyod etildi. Ulug‘bek madrasasi XV asrda qurildi. U ikki qavatli bo‘lib, atrofi hujra va darsxonalar bilan o‘ralgan. Madrasalarning qolgan ikkitasi – Sherdor va Tillakori madrasalarini XVII asrda Samarqand hokimi Yalangto‘sh Bahodir qurdirgan. Sherdor madrasasi Ulug‘bek madrasasining ro‘parasida joylashgan. Madrasa to‘rt burchakli va ikki qavatli qilib qurilgan. Peshtoqqa qizg‘ish zarhal tusli sher oq ohuni quvib borayotgani tasvirlangan. Quyosh esa bodomqovoq, qiyiq ko‘zli qilib tasvirlangan. Peshtoqning ikki tomonida gumbazli darsxona va masjid joylashgan Tillakori (tilla bilan ishlangan) madrasasi dastlab Yalangto‘shbiy kichik madrasasi deb nomlandi. Madrasa binosidan o‘rin olgan masjidning bezagiga ko‘p miqdorda oltin sarflangani uchun madrasa Tillakori nomini oldi. Samarqand shahrining 2750 yilligi munosabati bilan Tillakori madrasasida ham katta ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Bugungi kunda Registon maydonida mashhur «Sharq taronalari» xalqaro musiqiy festivallari o‘tkazilib kelinmoqda. Bu xalqaro festivalning ahamiyati haqida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bunday degan edi: «Sharq taronalari» musiqa festivali xalqlarimiz madaniyatlarini o‘zaro boyitadi..., xalqlarimizni ... bir-biriga yaqinlashtiradi». Oqsaroy. Oqsaroy obidasi hozirgi Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida joylashgan. Uni buyuk bobomiz Amir Temur o‘z
onasining sharafiga qurdirgan. Obida naqshlariga berilgan ranglar oy yorug‘ida jilolanib, oqarib turganligi uchun Oqsaroy deb atalgan. U o‘z davrining eng go‘zal va salobatli me’moriy inshooti edi.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling