Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet67/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

5-SINF TARIX / 56-MAVZU. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

1945-yilda Yaponiyada aynan shunday bo‘ldi. Yaponiyaning Xirosima shahridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda Sadako Sasaki ismli qizcha yashardi. Bomba portlagan paytda Sadako


bor-yo‘g‘i ikki yoshda edi. Sadakoning yuzi yoki tanasi kuymagan bo‘lsa ham, 9 yil o‘tgach, Xirosima shahri tiklanganidan so‘ng, 11 yoshida Sadako kasallanadi. Shifokorlar uning qon saratoni kasali bilan kasallanganligini aniqlab, uning bir yillik umri qolganini aytadilar.
Bu kasallik 1945-yilda Xirosima shahriga tashlangan atom bombasi nurlarining asorati edi. Sadako o‘zini o‘lim kutayotganini bilar edi. Sadakodan Tidzuko ismli do‘sti doimo xabar olib turardi. Bir kuni Tidzuko Sadakoga Yaponiyada muqaddas hisoblanuvchi turna qushi tarixi haqida so‘zlab beradi. Yaponlar turna 1000 yil yashaydi, agar kasal odam qog‘ozdan
1000 dona turna yasasa u tuzalib ketadi, deb ishonar edilar. Sadako shu kundan boshlab 1000 dona turna yasashga kirishadi. Biroq, u 644 dona turna yasashga ulguradi. Sadako vafot etadi, uning sinfdoshlari qolgan 356 ta turnani yasab, 1000 dona turnani Sadako bilan birga dafn etadilar. Sadako atom bombasining yagona qurboni emas edi. Yaponiya bolalari Sadako xotirasiga yodgorlik o‘rnatish uchun uch yil davomida zarur pulni yig‘ishga muvaffaq bo‘ldilar.
Sadako xotirasiga qurilgan yodgorlik «Bolalar tinchlik haykali» deb ataladi. U Xirosimadagi Tinchlik xiyoboniga o‘rnatilgan. Yodgorlik toshiga quyidagi so‘zlar o‘yib yozilib qo‘yilgan:
Bu bizning ko‘z yoshimiz,
Bu bizning dunyomiz,
Dunyoga – tinchlik.
Ha, shunday. Dunyoga tinchlik kerak. Shundagina Sadakolar taqdiri takrorlanmaydi. Shundagina odamlar boshpanasiz, farzandlar ota-onasiz yetim bo‘lib qolmaydi. Ota-onalar o‘z farzandlaridan ayrilib qolmaydi. Yer yuzi bolalari ochlikdan, kasallikdan nobud
bo‘lmaydi. Agar yangi urush bo‘ladigan bo‘lsa, avvalgisidan ham dahshatli qirg‘in va vayronagarchilik ro‘y beradi.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling