Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet75/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

5-SINF TARIX / 63-MAVZU. Dunyo xavfsizligiga tahdid
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

Bugungi kunda insoniyat tinchligiga mintaqaviy mojarolar, xalqaro terrorchilik, diniy ekstremizm hamda insoniyatning tabiatga nisbatan iste’molchilik munosabati keltirib chiqargan ekologik muammolar dahshatli xavf solmoqda. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1997-yildayoq «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida» nomli asarida bularning insoniyat tinchligiga solayotgan xavfining ko‘lami va oqibatlari haqida batafsil to‘xtalgan edi.


Mintaqaviy mojarolar va ularning xavfi. Mintaqaviy mojaro – Yer yuzining biror-bir qismida davlatlar o‘rtasida kelib chiqqan o‘zaro nizolar yoki birorta davlat hududida yuz berayotgan fuqarolar urushidir. Qo‘shnimiz Afg‘onistonda sodir bo‘lgan fuqarolar urushi bunga yorqin misoldir. Bu davlat fuqarolari 35 yildan ortiq davrdan beri tinchlik nima ekanligini bilishmaydi.
Mintaqaviy mojarolarning insoniyat tinchligiga soladigan xavfi nimada?
Avvalo, ular qo‘shni davlatlarda tinchlikni xavf ostiga qo‘yadi. Ikkinchidan, fuqarolar urushi qochoqlar muammosini keltirib chiqaradi. Uchinchidan, mintaqaviy mojarolarga tortilib qolgan hududlar giyohvand moddalar aylanmasining ko‘payishiga, xalqaro terrorchilik
harakatining kuchayishiga, noqonuniy qurol-yarog‘ savdosining avj olishiga olib kelmoqda.
Biz dunyoning turli o‘lkalarida davom etayotgan ziddiyat va qaramaqarshiliklarni faqatgina siyosiy yo‘l bilan, tinchlik yo‘li bilan hal etish tarafdorimiz. Xalqaro terrorchilik. XX asr oxiri – XXI asr boshlarida xalqaro terrorchilik insoniyat boshiga katta kulfat sola boshladi.
Xalqaro terrorchi kuchlar davlat rahbarlariga, elchilarga suiqasd qilish va o‘g‘irlash, odamlarni garovga olish, xalqaro tashkilotlar binolarini, aeroport va vokzallarni portlatish, samolyotlarni olib qochish kabi dahshatli jinoyatlarni sodir etmoqdalar . Hozirgi kunda dunyoning hech bir davlati o‘zini xalqaro terrorchilik xavfidan xoli deb hisoblay olmaydi. Xalqaro terrorchi kuchlar 2001- yilning 11-sentabrida hatto AQSHda ham mudhish jinoyatlar sodir etdilar. Terrorchilar shu kuni o‘zlari egallab olgan samolyotlarda Nyu- York shahrida joylashgan xalqaro «Savdo markazi»ning juft osmono‘par binolarini vayron qildilar. Oqibatda minglab kishilar halok bo‘lishdi.



Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling