Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


O‘zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi


Download 300.66 Kb.
bet71/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

O‘zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi. Prezident Islom Karimov O‘zbekistonning mustaqilligini ta’minlashni o‘zining asosiy vazifasi deb e’lon qildi. Ayni paytda O‘zbekistonni davlat mustaqilligiga olib keladigan tadbirlarni izchillik bilan amalga oshira boshladi. Ularning orasida 1990-yilda qabul qilingan «Mustaqillik Deklaratsiyasi » katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Qulayotgan sobiq Sovet Ittifoqining rahbarlari 1991-yilning avgust oyida kuch ishlatish yo‘li bilan sobiq Sovet Ittifoqini saqlab qolishga urindilar. Biroq bu urinish halokatga uchradi. Islom Karimovning tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 31-avgust kuni «O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida» Qonun qabul qildi.
5-SINF TARIX / 60-MAVZU. O‘zbekiston iqtisodiyotidagi yutuqlar
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

G‘alla (bug‘doy) xalqimizning rizq-ro‘zi. O‘zbekiston mustamlaka bo‘lgan davrlarda sobiq Sovet Ittifoqini paxta bilan ta’minlab keldi. O‘zbekistonning paxtasisiz sobiq Sovet Ittifoqining to‘qimachilik korxonalari faoliyat ko‘rsata olmagan. O‘zbekiston o‘z aholisi uchun zarur g‘allaning asosiy qismini sobiq Sovet Ittifoqidan o‘z paxtasi evaziga olardi va u yiliga salkam 3


million tonnani tashkil etardi. Sobiq Sovet Ittifoqi parchalangach, g‘allani chet ellardan sotib olishimizga to‘g‘ri keldi. Biroq o‘zaro aloqalarning buzilishi natijasida Respublikamiz atigi bir
haftaga yetadigan g‘alla zaxirasi qolgan kunlarni ham boshidan kechirdi. Bunday og‘ir sharoitdan chiqish uchun Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatning g‘alla mustaqilligiga erishishi haqida qaror qabul qilindi. Unga ko‘ra, respublikada paxta ekiladigan yer
maydonlari qisqartirildi. Paxtadan bo‘shagan yerlarda g‘alla yetishtirila boshlandi. Ayni paytda har gektar yerdan olinadigan don hosildorligini oshirish choralari ko‘rildi. Bu harakat tez orada o‘z samarasini berdi.
Mehnatsevar dehqonlarimizning jasoratlari tufayli 2014-yilda respublikamizda 8 mln. tonnadan ortiq g‘alla yetishtirildi. Bugun O‘zbekiston g‘allasi hatto boshqa davlatlarga ham sotilmoqda.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling