Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet73/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

Milliy va ma’naviy qadriyatlar asrlar davomida yaratiladi. Ular davr, hayot o‘zgarishi bilan yo‘q bo‘lib ketmaydi. Aksincha, keyingi avlodlar uchun meros bo‘lib qoladi. Keyingi


avlodlar esa ularni yanada boyitadi. Ular ham o‘zidan keyingi avlodga meros qilib qoldiradi.
Qadriyat (ahamiyatli, qimmatbaho, xalq boyligi) – insonlar uchun nihoyatda qadrli, qimmatli bo‘lgan barcha narsalardir. O‘zbek xalqi o‘tmishda barcha xalqlar havas qilsa arzigulik qadriyatlar yaratgan. Biroq ularning ko‘pi O‘zbekiston mustamlaka bo‘lgan yillar davomida yerga urildi. Mustaqillikdan so‘ng bu qadriyatlar bosqichma-bosqich tiklana boshlandi.
O‘zbek tili – o‘zbek xalqining ona tili, oliy qadriyati. Mustamlaka yillarida u ikkinchi darajali til qatoriga tushirib qo‘yildi. Uning qo‘llanish o‘rni chegaralanib qoldi. Bu hol o‘zbek xalqining milliy g‘ururini kamsitdi. Bu holatga barham berish uchun Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan 1989-yildayoq o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi.
Navro‘zning tiklanishi. Navro‘z bayrami xalqimizning qadimiy qadriyatidir. U qadimda shunday e’zozli bayram bo‘lganki, u nishonlanayotgan kunlarda hatto urushlar to‘xtatilgan. Navro‘z yaxshilik, mehr-oqibat va muruvvat bayrami sifatida ham juda qadrlangan. Navro‘zning yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, aynan u nishonlanadigan vaqtda xalq rizq-ro‘zining asosi bo‘lmish dehqonchilik ishlari ham boshlangan. Navro‘z ana shunday xosiyatlariga ko‘ra eng sevimli bayramga aylangan. Biroq O‘zbekiston mustamlaka bo‘lgan davrlarda Navro‘z eskilik sarqiti, deb e’lon qilindi va uni nishonlash taqiqlab qo‘yildi. 1990-yilda O‘zbekiston hukumati bunga chek qo‘ydi. Shu yildan boshlab respublikamizda Navro‘z qayta tiklandi. 21-mart Navro‘z
milliy xalq bayrami hamda dam olish kuni deb belgilandi. Respublika aholisi buni mamnuniyat bilan kutib oldi. Navro‘z bir oy davom etadi. Xalqimiz Navro‘z kunlarida hasharlar
uyushtiradi. Yon-atrof tozalanadi, obodonlashtirish tadbirlari o‘tkaziladi. Daraxt va gul ko‘chatlari o‘tqaziladi. Xalqimizning eng suyukli taomi – sumalak dasturxonlarga tortiladi.
Bundan tashqari, Navro‘zda yetim-yesirlar, nogironlar, kam ta’minlangan oilalarga muruvvat ko‘rsatiladi.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling