Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


O‘zbekiston xalqaro tashkilotlar a’zosi


Download 300.66 Kb.
bet69/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

O‘zbekiston xalqaro tashkilotlar a’zosi. O‘zbekiston 1992-yilning 2-mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Bu voqea O‘zbekistonning xalqaro miqyosda tan olinganligini to‘la tasdiqladi.
5-SINF TARIX / 58-MAVZU. BSB-7. BMT va dunyo bolalari
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

BMT doimo dunyo bolalari haqida ham g‘amxo‘rlik qilib kelmoqda. U ikkinchi jahon urushining bolalar boshiga solgan fojiali oqibatlarini bartaraf etish maqsadida 1946-yilda «Bolalarga yordam ko‘rsatish xalqaro jamg‘armasi»ni tuzdi.


YUNISEFning faoliyati. 1946-yilda tuzilgan «Bolalarga yordam ko‘rsatish xalqaro jamg‘armasi» qisqartirilgan holda YUNISEF deb ataladi. U dastlab urushdan eng ko‘p aziyat chekkan Yevropa bolalariga yordam ko‘rsatdi. Keyinchalik Osiyo, Afrika va Janubiy Amerika qit’asi bolalariga yordam ko‘rsatishni boshladi.
130 milliondan ortiq bola esa maktabga qatnamaydi.
Bularni hisobga olgan YUNISEF o‘z faoliyatini quyidagi yo‘nalishlarga qaratdi:
– o‘limga sababchi bo‘ladigan kasalliklar bilan
kasallanishning oldini olish uchun bolalarni
emlash;
– bolalar va onalarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash;
– bolalar o‘rtasida ochlikka, to‘yib ovqat yemaslikka va savodsizlikka
qarshi kurash;
– bolalarning ko‘r bo‘lib qolishiga sabab bo‘luvchi «A» vitamini
yetishmasligining oldini olish;
– «Bola huquqlari to‘g‘risida»gi xalqaro Konvensiyaning barcha
davlatlar tomonidan tasdiqlanishiga erishish.
YUNISEF yiliga 3 million bolaning hayotini saqlab qolmoqda. Bugungi kunda YUNISEFga 140 dan ortiq davlat a’zo. O‘zbekiston Respublikasi 1994-yilda unga a’zo bo‘lib kirdi va u bilan doimiy hamkorlik olib bormoqda. YUNISEF O‘zbekiston hukumati bilan bolalarni emlash, vaksinalar yetkazib berish va Orolbo‘yi aholisiga yordam ko‘rsatish kabi sohalarda hamkorlik qilmoqda.



Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling