Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet70/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

5-SINF TARIX / 59-MAVZU. O‘zbekiston davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

O‘zbekiston sobiq Sovet Ittifoqi tarkibida mustamlaka edi. XX asrning 80-yillariga kelganda sobiq Sovet Ittifoqining inqirozga yuz tutganligi yaqqol namoyon bo‘ldi. Mustamlaka xalqlarning, jumladan, o‘zbek xalqining mustaqillik uchun kurashi bu inqirozni yanada kuchaytirdi.


Shunday sharoitda O‘zbekistonga uni mustaqillik sari dadil yetaklashga qodir, kerak
bo‘lsa, jonini ham fido qilishga tayyor turadigan yo‘lboshchi – rahbar zarur edi.
Bu zaruriyat Islom Abdug‘aniyevich Karimovni siyosat maydoniga chiqardi. Islom
Karimov tez orada O‘zbekiston rahbari etib saylandi. U bunga qadar qator yuqori davlat
rahbarlik lavozimlarida ishlab katta tajriba to‘plagan edi. 1990-yilning 24-martida O‘zbekiston
tarixida birinchi bor prezidentlik lavozimi ta’sis etildi. Shu kuni kelajakni oldindan ko‘ra oluvchi va donishmand rahbar, o‘zbek xalqining vatanparvar farzandi, yo‘lboshchisi
Islom Karimov O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi. Bu hodisa O‘zbekistonning mustaqilligi uchun kurash yo‘lida muhim tarixiy voqea bo‘ldi.
Prezident — ma’lum muddatga saylab qo‘yiladigan davlat boshlig‘idir.
Prezidentlik davlatdagi eng oliy lavozim. «Prezident» atamasi lotincha so‘z
bo‘lib, o‘zbek tilida «oldinda o‘tiruvchi» degan ma’noni anglatadi.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling