Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet77/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

5-SINF TARIX / 65-MAVZU. BSB-8. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari.
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish
Test ishlash
O‘zbekiston ham ko‘p millatli davlatdir. Unda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydi.
O‘zbek xalqiga boshqa xalqlarga mensimaslik yoki past nazar bilan qarash yot narsa. U asrlar davomida boshqa xalqlar vakillari bilan tinch-totuv yashab kelgan bag‘rikeng, do‘stlikni qadrlovchi xalq. Mustaqillik yillarida hukumatimiz millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash choralarini ko‘rdi. Avvalo, O‘zbekistonning har bir fuqarosi qaysi millatga mansubligidan qat’i nazar qonun oldida teng deb e’lon qilindi. Millatidan qat’i nazar har bir fuqaro qalbiga, ongiga
yagona Vatan g‘oyasi singdirila boshlandi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan bo‘lsa-da, boshqa tillar ham kamsitilgani yo‘q.
Chunonchi, Respublikamiz umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitish o‘zbek tilidan tashqari yana 6 tilda (qoraqalpoq, rus, tojik, turkman, qozoq va qirg‘iz tillarida) olib borilmoqda. Darsliklar ham
7 tilda nashr qilinmoqda. Barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari qonun
bilan himoya qilinmoqda. Ularning rivojlanishi uchun barcha sharoitlar
yaratib berildi. Boshqa millat vakillariga milliy ehtiyojlarini erkin qondirishlari
uchun o‘z milliy-madaniy markazlarini tuzishga ruxsat etildi. Millatlararo totuvlikni ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar O‘zbekiston xalqining birligi, jipsligi va osoyishtaligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu esa O‘zbekistonning bebaho boyligidir.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling