Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet55/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

5-SINF TARIX / 46-MAVZU. Toshkent – 2200 yoshda
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

Bugungi Toshkent shahri 2200 yillik tarixga ega. Arxeolog olimlar uzoq yillik izlanishlardan


so‘ng Toshkent shahrining qadimgi o‘rni hozirgi temiryo‘l vokzali yaqinida, Salar kanali sohilida joylashganligini aniqladilar. Bu joy «Ming o‘rik» va «Ming o‘rik tepa» nomlari bilan atalgan. Shaharning bunday nomi bilan atalganligiga bu joyda katta o‘rikzor barpo etilganligi sabab bo‘lgan. Shahar VI asrda Choch (Toshkent) viloyatining markaziga aylangan.
«Toshkent» atamasi haqida. Milodning dastlabki asrlariga oid Xitoy manbalarida Toshkent «Shi» nomi bilan tilga olinadi. Bu nom «Tosh shahar» degan ma’noni anglatadi. Buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniy «Hindiston» nomli kitobida «Toshkent» atamasini ishlatgan. Shahar arablar tasaruffiga o‘tgach, arab alifbosida «ch» harfi yo‘qligi sababli «Choch» «Shosh», «Shoshkent», «Madinat ash-Shosh», «Binkat» nomlari bilan atalgan. Shahar atrofi kuchli mudofaa devori bilan o‘rab olingan. Arablargacha bo‘lgan davrda shahar ichi ark va shahristonga ajratildi. Arkda hukmdor saroyi va ibodatxona joylashgan. Shaharning amaldorlar yashaydigan qismi shahriston, hunarmandlar yashaydigan qismi esa rabot deb ataldi.
Toshkent xalqaro savdo karvon yo‘lida joylashganligi tufayli shaharda hunarmandchilikning turli sohalari yuksak taraqqiy etdi. Arxeolog olimlar shahar hududidan turli mamlakatlarning tanga
pullarini topishdi. Bu esa Toshkentning qizg‘in savdo markazi ham bo‘lganligini tasdiqlaydi.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling