Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet63/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

5-SINF TARIX / 53-MAVZU. O‘zbekistonning buyuk g‘alabaga qo‘shgan hissasi
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekiston hali sobiq Sovet Ittifoqi tarkibida edi. Binobarin, 1941-yilning 22-iyunida Gitler Germaniyasi sobiq Sovet Ittifoqiga hujum qilgach, O‘zbekiston ham urushga tortildi. Shunday bo‘lsa-da, O‘zbekiston frontni zarur qurol-yarog‘, o‘qdori, oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlab turdi. Urushda O‘zbekistondan 1 million 500 mingdan ortiq jangchi qatnashdi. Aholidan yig‘ilgan pul mablag‘lari mamlakat mudofaa jamg‘armasiga


topshirildi. Sobiq Sovet Ittifoqi hukumati Germaniya bosib olishi mumkin bo‘lgan hududlarda joylashgan sanoat korxonalarining yuzdan ortig‘ini O‘zbekistonga ko‘chirdi. O‘zbekiston ishchilarining fidokorona mehnatlari evaziga ko‘chirib keltirilgan korxonalar qisqa muddatlarda qayta qurildi va front uchun zarur mahsulot ishlab chiqara boshladi. 280 ta yangi korxona ham qurildi. O‘zbekiston urush yillarida frontga 2100 ta samolyot, 1700 donadan ortiq samolyot motori, 2 milliondan ortiq aviabomba, 330 ming dona parashyut va boshqa qurol-yarog‘ hamda harbiy anjomlar yetkazib berdi. O‘zbekiston fabrikalari esa askarlarni issiq kiyim-kechaklar bilan
ta’minlash ishiga katta hissa qo‘shdi.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling