Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Qishloq mehnatkashlarining jasorati


Download 300.66 Kb.
bet64/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

Qishloq mehnatkashlarining jasorati. O‘zbekistonning qishloq aholisi esa frontni zarur oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlashda ulkan fidoyilik ko‘rsatdi. Erkaklar urushga safarbar etilgani uchun qishloq xo‘jaligida ishchi kuchi yetishmay qoldi. Ularning o‘rnini ayollar va bolalar egallashdi. Qishloq mehnatkashlari og‘ir qiyinchiliklarni mardona yenga oldilar.
Urush yillarida jami 4 million tonnadan ortiq paxta, 5 million tonnadan ortiq don yetishtirildi.
Ulkan saxovat. Gitler Germaniyasiga qarshi kurashda O‘zbekiston aholisi ham ulkan saxovat ko‘rsatdi. Chunonchi, ular mamlakat mudofaa jamg‘armasiga 650 mln. so‘mdan ziyod pul, 55 kg ga yaqin tilla va boshqa qimmatbaho buyumlar topshirdilar. Bu mablag‘ga front uchun bronepoyezd, tank va samolyotlar yasaldi va ular frontga jo‘natildi. Sobiq Sovet Ittifoqi hukumati mamlakat hududining urush harakatlari ketayotgan joylarida yashovchi tinch aholining bir qismini
mamlakat ichkarisiga ko‘chirdi. Shulardan bir milliondan ortig‘I O‘zbekistonga keltirildi.
5-SINF TARIX / 54-MAVZU. O‘zbekistonning buyuk g‘alabaga qo‘shgan hissasi
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling