Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Axborot manbalari va texnik vositalari


Download 300.66 Kb.
bet62/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

1933-yilda Germaniyada nemislarning boshqa xalqlar ustidan hukmronlik qilishini da’vo


qiluvchilar hokimiyat tepasiga kelishdi. Ularning yo‘lboshchisi Adolf Gitler mamlakatda o‘zining yakka hukmronligini o‘rnatdi. U o‘z oldiga Birinchi jahon urushidagi mag‘lubiyat uchun g‘oliblardan o‘ch olish, dunyoni qayta bo‘lish, butun Yevropani bo‘ysundirish, so‘ngra dunyoda hukmron bo‘lib olish maqsadini qo‘ydi. Bu mudhish maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun zo‘r berib yangi urushga tayyorgarlik ko‘rdi. Italiya va Yaponiya bilan o‘zaro ittifoq tuzdi. Tez orada o‘z maqsadlarini ro‘yobga chiqarishga kirishdi. Chunonchi, 1939-yilning 1-sentabrida Germaniya Polshaga hujum qildi. Bunga javoban Buyuk Britaniya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush e’lon qildilar. Shu tariqa Ikkinchi jahon urushi boshlanib ketdi. Buyuk Britaniya, Fransiya va sobiq Sovet Ittifoqi o‘zaro qarama-qarshiliklar va ishonchsizliklar tufayli urushning oldini ola
olmadilar. Urushning borishi. Urush boshlangach, Germaniya juda qisqa muddat
ichida deyarli butun G‘arbiy Yevropa davlatlarini bosib oldi. 1940-yilda hatto Fransiyani ham tormor etdi. Uning navbatdagi maqsadi Buyuk Britaniya va sobiq Sovet Ittifoqini bo‘ysundirish edi. Ittifoqchi davlatlarning Germaniyani taslim etishi muqarrar bo‘lib qoldi. 1945-
yilda Adolf Gitler va uning ayrim safdoshlari o‘z jonlariga qasd qildilar. Nihoyat, 1945-yilning 8-may kuni Germaniya ittifoqchi davlatlar oldida so‘zsiz taslim bo‘ldi. Bu haqda tegishli
hujjat ham imzolandi . Sobiq Sovet Ittifoqi hukumati fashistlar Germaniyasi ustidan
qozonilgan g‘alaba sharafiga 9-may kunini «G‘alaba kuni» deb e’lon qildi. 2-sentabr kuni Yaponiyaning taslim bo‘lganligi haqidagi hujjat imzolandi. Shu tariqa Ikkinchi jahon urushi uni boshlagan davlatlarning mag‘lubiyati bilan tugadi. Urushning fojiali oqibatlari. Ikkinchi jahon urushi urushlar tarixidagi eng dahshatli urush bo‘ldi. Urushda 60 dan ortiq davlat qatnashdi.
Olti yil ichida 60 mln. dan ortiq kishi halok bo‘ldi. 90 mln. dan ortiq kishi esa yarador va mayib-majruh bo‘lib qoldi. Gitlerchilar o‘zlari bosib olgan hududlarda nafaqat katta yoshdagilarni, hatto bolalarni ham ishlatish uchun olib ketishdi. Ular va asir olingan askarlar maxsus lagerlarda saqlandi. Bunday lagerlarda saqlanganlarning 16 mln. nafari azob-uqubatlarda o‘lib ketishdi.
Ular lagerlardagi maxsus joylarda gaz bilan bo‘g‘ib o‘ldirildi.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling