Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa


Download 300.66 Kb.
bet65/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

Bu mablag‘ga front uchun bronepoyezd, tank va samolyotlar yasaldi va ular frontga jo‘natildi.


Sobiq Sovet Ittifoqi hukumati mamlakat hududining urush harakatlari ketayotgan joylarida yashovchi tinch aholining bir qismini mamlakat ichkarisiga ko‘chirdi. Shulardan bir milliondan ortig‘i O‘zbekistonga keltirildi.
O‘zbekistonga ko‘chirib keltirilganlarning 200 ming nafari yetim bolalar edi.
O‘zbekiston xalqi ularni do‘stona kutib oldi. Ularga g‘amxo‘rlik ko‘rsatdi va yashash uchun o‘z uyidan joy berdi. Oziq-ovqati va kiyim-kechagini ular bilan baham ko‘rdi. Ko‘chirib kelingan bolalarning asosiy qismi bolalar uylariga joylashtirildi. Besh yarim mingdan ortig‘ini esa bag‘rikeng, saxovatpesha o‘zbek xonadonlari farzandlikka oldilar. Bunday saxovatpesha o‘zbek xonadonlaridan biri toshkentlik Shomahmudovlar oilasi edi. Bu oila turli millatga mansub 16 nafar bolani farzandlikka oldi. Ularni parvarishlab, tarbiyalab voyaga yetkazdi. Bu hodisa o‘zbek xalqi bag‘rikengligi, saxovatpeshaligining yorqin namunasi edi.
O‘zbekistonlik askarlarning frontdagi jasoratlari. Ikkinchi jahon urushi frontlariga yuborilgan bir yarim milliondan ko‘proq o‘zbekistonlik askarlar dushmanga qarshi mardona jang qildilar. Gitler Germaniyasining hujumini birinchilardan bo‘lib qarshi olgan Germaniyaga chegaradosh Brest qal’asi bo‘ldi. Qal’ani himoya qilganlar orasida o‘zbekistonliklar ham bor edi.
Ular boshqa millat vakillari bilan yelkama-yelka turib bir oy davomida qal’ani qahramonlarcha himoya qildilar. O‘zbekistonliklar Ikkinchi jahon urushining qaysi frontida bo‘lmasin shu tariqa mardlarcha jang qildilar. Bizning ota-bobolarimiz beshafqat jang maydonlarida mardlik va
matonat ko‘rsatgani uchun ularning 338 nafari «Sovet Ittifoqi Qahramoni»
unvoniga sazovor bo‘lgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida 500 mingga yaqin o‘zbekistonlik askar
halok bo‘ldi. 60 mingdan ortiq askar esa nogiron, mayib-majruh bo‘lib qoldi.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling