Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktab O`ibdo` Sh. Mansurova “Tasdiqlayman” 2022-yil


Download 300.66 Kb.
bet68/81
Sana20.10.2023
Hajmi300.66 Kb.
#1713477
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   81
Bog'liq
5 - Tarix Konspektlar

5-SINF TARIX / 57-MAVZU. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)
Darsning maqsadlari: fanga oid bilimlarni egallash va mustahkamlash, milliy mafkura tushunchasini shakllantiris,o’quvchilarning fikrlash qobilyatini o’stirish
Darsdan kutilayotgan natijalar - mavzuni o’zlashtirilgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar: Mavzu bo`yicha mustahkam bilim va ko`nikmalarga ega bo`ladi,og`zaki va yozma ravishda o`z fikrini erkin bayon qila oladi, savollarga mantiqan to`g`ri yondashib javob bera oladi
Ta’lim metodlari: ko`rsatish, ma`ruza, aqliy hujum, tushuntirish; amaliyotda bajarish
Baholash metodlari: Og`zaki so`rov, yozma so`rov
Axborot manbalari va texnik vositalari: slaydlar,XARITA,o`quv uslubiy materiallar
Tashkiliy qism- 5 daqiqa: Salomlashish, davomat, xona tozaligi, muhim yangiliklar haqida aytish
O`tilgan mavzu bo`yicha so`rash va baholash - 20 daqiqa: yakka va jamoaviy so`rash,guruhga bo`lib musobaqa shaklida, zakovat shaklida baholash
Yangi mavzuni tushuntirish – 15-daqiqa: mavzuni sodda uslubda va hayotiy voqeliklarga bog`lab tushuntirish.
Mustahkamlash – 5 daqiqa: Faol o`quvchilarni baholash,vazifalarni baholash, uy topshiriqlari berish

Binobarin, davlatlar va davlat arboblari kelajak haqida qayg‘urishlari, urush bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasliklari kerak. Shuning uchun ham davlat arboblari bundan keyin jahon urushi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yer yuzida mustahkam tinchlik o‘rnatishda xizmat qiluvchi xalqaro tashkilot tuzishga ahd qildilar. BMTning tuzilishi va uning maqsadlari. Tez orada bunday xalqaro tashkilot tuzildi. U Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) deb ataldi.


Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945-yilning 24-oktabrida tuzildi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy maqsadlari quyidagilar
ekanligi belgilab qo‘yildi:
– butun dunyoda tinchlikni ta’minlash;
– dunyo xalqlari o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini rivojlantirish;
dunyoda ocharchilik, kasallik va savodsizlikni
tugatish borasida birgalikda harakat
qilish;
– ekologiya halokatining oldini olish;
– inson huquqlari va erkinliklariga hurmat bilan qarashni rag‘batlantirish.
BMT shtab kvartirasi (doimiy ish o‘rni)AQSHning Nyu-York shahrida joylashgan.
BMTga Bosh kotib rahbarlik qiladi. Dunyoning qaysi bir burchagida bo‘lmasin,
umumiy tinchlikni xavf ostiga qo‘yadigan vaziyat yuzaga kelsa, BMT uni muhokama qiladi va tinchlikni saqlab qolish uchun zarur choralarni ko‘radi. Hozirgi kunda dunyoning 200 ga yaqin davlati BMT a’zosidir. Mana, Ikkinchi jahon urushidan keyin o‘tgan yillar davomida BMT Yer yuzida mustahkam tinchlik ishi uchun kurashib kelmoqda.

Download 300.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling