Наммпи “Иқтисодиёт” кафедраси доценти Р


O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/38
Sana22.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1648219
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
Bog'liq
MUHAYYO Kurs ishi materiallari

2.O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasi daromadlarini boshqarish 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasining faoliyatini ko‘rib chiqamiz. O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tizimiga:
- Jamg‘armaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 
shahridagi boshqarmalari;
- Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari;
- Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspektsiyasi; 
- bosh, tuman, tumanlararo, shahar va ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat 
ekspertizasi xizmatlari kiradi. 
Jamg‘armaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: 
– qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolarning davlat pensiya 
ta’minotini tashkil etish, fuqarolarga pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar
kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni tayinlash, pensiyalar va 
boshqa to‘lovlar miqdorlarining qayta hisoblab chiqilishini ta’minlash; 


43 
– pensiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘liq hajmda moliyalashtirish va 
to‘lanishini tashkil etish, ular bo‘yicha hisob va hisobotni yuritish; 
– tizimli asosda pensiyalar tayinlash va ularni qayta hisoblashning doimiy 
tahlilini o‘tkazish va monitoringini olib borish, fuqarolarning pensiya 
ta’minotiga 
yo‘naltiriladigan 
mablag‘lardan 
qat’iy 
maqsadli 
foydalanilishini ta’minlash; 
– mehnatda mayib bo‘lganlik yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik 
tufayli tayinlangan pensiyalarga to‘langan mablag‘larni da’volar bo‘yicha 
aybdor yuridik va jismoniy shaxslardan belgilangan tartibda undirib 
olishni tashkil etish; 
– tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari faoliyatini tashkil etish
1

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasining yuqori boshqaruv organi Jamg‘armaning Kuzatuv 
kengashidir. Jamg‘arma ijro etuvchi apparatining, uning hududiy boshqarmalari, 
tuman (shahar) bo‘limlari, Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspektsiyasi, 
tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatlari ta’minoti respublika budjeti mablag‘lari 
hisobiga amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasidan tashqari, pensiya ta’minoti vazifasini boshqa 
boshqaruv organlari bajaradilar. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini 
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi pensiya miqdorini belgilaydi va Davlat 
budjeti mablag‘larini qayta taqsimlaydi; Aloqa vazirligi nafaqa oluvchilarga uni 
etkazib beradi; Xalq banki pensionerlarni naqd pul va naqd pulsiz ko‘rinishdagi 
mablag‘ bilan ta’minlaydi. Jamg‘arma "O‘zbekiston pochtasi" ochiq 
aktsiyadorlik 
jamiyati va 
O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankining 
bo‘linmalarida pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari hamda 
boshqa to‘lovlarning to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi monitoringini olib boradi va 
tekshiradi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi, 
1
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 19 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
Vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi 30-son 
Qarori.


44 
fuqarolarning pensiya ta’minoti masalalari bo‘yicha zamonaviy nazariy 
ishlanmalarni va xorijiy tajribani o‘rganadi. Jamg‘armaning mablag‘larini 
oluvchilar, pensiyalar hamda Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar 
tayinlash va to‘lash to‘g‘risidagi axborotni ishlab chiqishda qatnashadi va 
avtomatlashtirilgan tizimda qayta ishlashni joriy etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasining daromadlari:

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling