Наммпи “Иқтисодиёт” кафедраси доценти Р
3.Moliyaviy investitsiyalarning iqtisodiy samaradorlik natijalarining
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
MUHAYYO Kurs ishi materiallari
49 3.Moliyaviy investitsiyalarning iqtisodiy samaradorlik natijalarining tahlili Hozirgi vaqtda fond bozoriga investitsiyalar jalb etishni ko‘paytirish, fond bozorini rivojlantirishni va natijada raqobat muhitini shakllanishining asosi hisoblanadi. Buning uchun xususiylashirish jarayonlarini chuqurlashtirish va takomillashtirish yo‘nalishidagi asosiy vositalardan hisoblanadi. Shu bilan birga xususiylashtirish va aktsionerlik jamiyatlarini tashkil etish bilan bog‘liq bir qator muammolar borki, ularni hal etilishi fond bozorini rivojlanishi natijasida raqobat muhitini shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kunda fond bozorining dolzarb mavzularidan biri ikkilamchi bozorni rivojlantirish xisoblanadi. Buning uchun, birinchi navbatda, ishonchli va samarali infratuzilma institutlarini rivojlantirish, ikkilamchi bozor ishtirokchilari va investorlariga turli xil imtiyozlar tizimini shakllantirish lozim. Investitsion institut emitentga quyidagi asosiy xizmatlarni ko‘rsatadi: qimmatli qog‘ozlar emissiyasini amalga oshirish, emissiya qilinayotgan qimmatli qog‘ozlarni baholashda ko‘maklashish, emitent va investor o‘rtasida aloqa o‘rnatish; qimmatli qog‘ozlarni fond bozorida joylashtirish va u bilan bog‘liq bo‘lgan xavf-xatardan himoyalash; qimmatli qog‘ozlar kursini barqaror bo‘lishida ko‘maklashish. Mahalliy emitentlar qimmatli qog‘ozlarni xalqaro kapital bozorida joylashtirish ularni chet el fond birjalarida listingiga kiritish orqali xam amalga oshirilishi mumkin. Lekin chet el fond birjalari tomonidan listing bo‘yicha kattiq talablar o‘rnatilgan. Shu sababli ushbu birjalar listingiga kiritish uchun respublikamizda iqtisodiy jihatdan yirik korxonalar tanlanishi lozim. Maxalliy emitentlarni qimmatli qog‘ozlarining etakchi chet el birjalari listingiga kiritilishi investorlar orasida ularning obru-e’tiborini keskin oshirib, qimmatli qog‘ozlarining likvidlilik darajasining yuqori bo‘lishiga imkoniyatlar ochib beradi. Xulosa sifatida shuni ta’kidlash mumkinki, milliy fond bozorining xalqaro kapitallar bozoriga integratsiyalashuvini muvaffaqiyatli ta’minlanishi 50 O‘zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga faol kirib borishidagi muhim qadamlardan biri bo‘ladi. Investitsion faoliyat turlari, ayniqsa, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga mumkin bo‘lgan investitsiya faoliyati turlari bo‘yicha shug‘ullanish bu - moliyaviy investitsiyalardir. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larini investitsion faoliyatini tahlil qilish, uning hozirgi holatini o‘rganib chiqish va mavjud bo‘lgan muammolarni aniqlash hisoblanadi. Umuman olganda samaradorlik muayyan natijalarga erishishni anglatadi. U sarflangan xarajatlar va olingan natijalar nisbati asosida aniqlanadi. Xarajatlar qanchalik kam va natijalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, samaradorlik ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi butun ishlab chiqarish samaradorligining tarkibiy qismidir. Turli darajadagi xo‘jalik faoliyatida investitsiyalarning iloji boricha ko‘proq foyda bilan qaytishi asosiy vazifa qilib belgilanadi. Bu qoidadan chetga chiqish resurslarni yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash zarurati, qo‘shimcha kapital qo‘yilmalar kiritilishini talab qiluvchi yangi qurilish, mavjud ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta tiklash va texnik jihatdan qayta qurollantirish, ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqish kabi hollarda yuzaga keladi. Investitsion loyihalarning samaradorligini baholashda quyidagilar asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi: 1) Sof diskontlangan daromad (SDD) - butun hisobot davri uchun joriy samaralar yig‘indisining boshlang‘ich qadamga keltirilgan miqdori yoki integral natijalarning integral xarajatlardan oshib ketishi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi: Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling