Наммпи “Иқтисодиёт” кафедраси доценти Р


O‘zbekiston Respublikasida pensiya fondi mablag‘larini boshqarishning


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/38
Sana22.06.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1648219
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38
Bog'liq
MUHAYYO Kurs ishi materiallari

2.O‘zbekiston Respublikasida pensiya fondi mablag‘larini boshqarishning 
huquqiy asoslarini takomillashtirish yo‘llari
 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
I.Karimov 
ta’kidlaganidek, 
xonadonlarimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan aziz otaxonlar hamda muhtarama 
onaxonlarning keksalikda farovon yashashi uchun hukumatimiz tomonidan 
istiqlol yillarida g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasida izchil say’-harakatlar amalga 
oshirilib kelinmoqda. Istiqlol yillaridagi amalga oshirilgan ishlarning mantiqiy 
davomi sifatida 2005 yil 1 yanvardan boshlab jamg‘arib boriladigan pensiya 
ta’minoti tizimi amaliyotga tadbiq etildi. 2004 yil 2 dekabrda O‘zbekiston 
Respublikasining “Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 702-II-
sonli Qonuni, 2004 yil 21 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti 
to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqidagi 595-sonli 
Qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004 yil 2 
dekabrdagi 16-sessiyasida tasdiqlangan ushbu qonunning qabul qilinishi 
O‘zbekiston Respublikasining jamg‘ariladigan pensiya ta’minotiga o‘tish 
yo‘lidagi dastlabki qadam hisoblanadi.
Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti (JBPT) fuqarolarni shaxsiy 
jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘lardan davlat 
pensiyasiga qo‘shimcha ravishda pul mablag‘lari bilan ta’minlashdir. Jamg‘arib 
boriladigan pensiya ta’minoti tizimiga ikki xil a’zo bo‘lish mumkin: majburiy va 
ixtiyoriy. Faoliyatini mehnat shartnomasi asosida amalga oshiruvchi 
fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etishi, agar qonun 
hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, majburiy hisoblanadi. 
Yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon 
xo‘jaliklarining a’zolari, shuningdek boshqa fuqarolar jamg‘arib boriladigan 
pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etadilar.
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida majburiy tartibda ishtirok etuvchi 
fuqarolarni hisobga olish ish beruvchining talabnomasiga muvofiq mazkur 
fuqarolarning asosiy ish joyidagi Xalq banki filialida amalga oshiriladi. 


69 
Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etuvchi 
fuqarolarni hisobga olish ularning arizasiga muvofiq
mazkur fuqarolarning 
yashash joyidagi Xalq banki filialida amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda 2005 yil 1 yanvardan boshlab daromad solig‘i to‘lanishi 
bilan bir paytning o‘zida umumiy hisoblangan oylik maoshining 1 foizi soliqqa 
o‘tkazilgan daromad solig‘idan tegishlicha ajratib olinib, jamg‘arib boriladigan 
pensiya ta’minoti tizimiga o‘tkazib kelinmoqda.
«Fuqarolarning jamg‘arib 
boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonunining qabul qilinishi munosabati bilan 2005 yil 1 yanvardan 
respublikamizda jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi joriy etilgan 
bo‘lib, mazkur Qonun fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti 
soxasidaga munosabatlarni tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, 
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el 
fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jamg‘arib boriladigan pensiya 
ta’minoti tizimida ishtirok etishi huquqiga ega. O‘z navbatida, jamg‘arib 
boriladigan pensiya hisobvaraklarida jamg‘arilgan mablag‘lari saklanishi hamda 
to‘lanishi davlat tomonidan kafolatlangan. Ish beruvchilarning, shuningdek 
mehnat faoliyatini mehnat shartnomasi asosida amalga oshiruvchi fuqarolarning 
jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etishi majburiydir. Yakka 
tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi dehqon 
xo‘jaliklarining a’zolari, shuningdek boshqa fuqarolar jamg‘arib boriladigan 
pensiya tizimida ixtiyoriylik asosida ishtirok etadilar. Jamg‘arib boriladigan 
pensiya tizimida majburiy tartibda ishtirok etuvchi fuqarolarni hisobga olish ish 
beruvchining talabnomasiga muvofiq mazkur fuqarolarning asosiy ish joyidagi 
Xalq banki filialida amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslarning qonun hujjatlariga 
muvofiq hisoblab chiqarilgan daromad solig‘ining tegishlicha kamaytirilgan 
summasi hisobiga jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallarini ish 
beruvchi har oyda to‘lab boradi. Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi (JBPT) 
mablag‘lari 
Xalq 
bankida 
shaxsiy 
jamg‘arib 
boriladigan 
pensiya 
hisobvaraqlarida mablag‘larni jamlash yo‘li bilan shakllantiriladi. 


70 
0
200
400
600
800
1000
1200
2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling