Наммпи “Иқтисодиёт” кафедраси доценти Р
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
MUHAYYO Kurs ishi materiallari
1
. Bizning fikrimizcha, mamlakatimida nodavlat pensiya jamg‘armalarining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish va amaliyotga joriy etish natijasida bu boradagi iqtisodiy islohotlarning ko‘lami yanada chuqurlashdi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatimiz bank- 1 Axmedov M. Iqtisodiyotda “uzun” moliyaviy resurslar salmog‘ini oshirishda nodavlat pensiya jamg‘armasining ahamiyati. // Moliya. -Toshkent. 2012. №2. – B.132. 67 moliya tizimi moliyaviy barqarorligini mustahkamlaydi. Iqtisodiyotning strategik tarmoqlardagi investitsion loyihalarni amalga oshirishda yana bir turtki vazifasini bajaradi. Mamlakatimizda fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti mablag‘lari ham muddatiga ko‘ra “uzun” moliyaviy resurslar sifatida qaraladi. Chunki ish beruvchi tomonidan xodimga ish haqi hisoblanib, uni to‘lash bilan bir vaqtda jamg‘arma hisobiga tegishli summa o‘tkaziladi. Hozirda jamg‘armani shakllantirishda ixtiyoriy badallar ulushi sezilarisiz salmoqqa ega, shu jihatidan ushbu tizimni yanada takomillashtirish va nodavlat pensiya jamg‘armalari bilan shug‘ullanuvi moliyaviy tashkilotlar tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, Evropa mamlakatlarida xususiy fondlar pensiya fondlarining mablag‘larini boshqaruvchi kompaniyalar raqobat asosida boshqarish huquqini qo‘lga kiritadilar. Bu esa, pensiya fondlari mablag‘larini to‘lov qobiliyati darajasi yuqori bo‘lgan kompaniyalar ixtiyoriga berish imkonini yuzaga keltiradi. Boshqaruvchi kompaniyalar mablag‘larni ishonchli va daromadli investitsiyalash ob’ektlariga yo‘naltiradilar. Pensiya fondlarining mablag‘laridan samarali foydalanishlari uchun boshqaruvchi kompaniyalar o‘zlarining moliyaviy mablag‘lari va mulklari bilan javob beradilar. Evropaning taraqqiy etgan mamlakatlarida pensiya fondlarining aktivlari katta miqdorda bo‘lib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan yuqori salmoqni egallaydi. Bu esa, ularda pensiya fondlari faoliyatining yaxshi yo‘lga qo‘yilganligidan dalolat beradi. Ko‘p pog‘onali pensiya tizimi ijtimoiy risklardan sug‘urtalanish imkonini beradi. Buyuk Britaniya va Gollandiyada pensiya fondlarining katta miqdorda aktivlarga ega ekanligi ularning investitsion faoliyatini Evropaning boshqa mamlakatlariga qaraganda samarali ekanligidan dalolat beradi. Ammo shu bilan birga ayrim Evropa mamakatlarida pensiya fondlarini nisbatan kichiq miqdordagi aktivlarga ega ekanligi aholi sonini kamligi, xususiy pensiya tizimiga ishlovchilarning sezilarli qismini jalb etilganligi kabi omillar bilan izohlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling