Davriy sistemaning I B gruppa elementlaridan (Cu – mis misolida) olinishi va xossalari. REJA: Davriy sistemaning I B gruppa elementlari haqida - Birinchi guruhning qoʻshimcha gruppasiga mis, kumush, oltin kiradi. Bularning ham, birinchi gruppa bosh gruppachasidagi elementlar, ishqoriy metallar kabi, sirtqi qavatlarida bittadan elektron boʻladi, ammo xossalari jihatidan ulardan katta farq qiladi. Mis gruppasi elementlari esa tabiatda erkin holda uchraydi, ular aktiv emas, ionlanish xossalari kuchli boʻlmagan metallardir.
- Birinchi gruppa bosh va qoʻshimcha gruppachalarining elementlari orasidagi katta farq sirtdan hisoblanganda ikkinchi qavat elektronlarida va atom radiuslaridadir. Mis gruppasi elementlarining sirtqi ikkinchi kavatida 18 tadan elektron bor, bu qavat ancha turgʻun, lekin butunlay barqaror emas. Bu elementlar sirtqi qavatlaridagi bitta elektronini yoʻqotib, ishqoriy metallar kabi, musbat bir zaradli boʻla oladi va sirtdan ikkinchi qavatidan ham elektron yoʻqota oladi. Ishqoriy metallarning sirt qavatidagi ikkinchi qavatida 8 tadan elektron bor, ular butunlay barqaror shuning uchun ishqoriy metallar hamisha bir valentli boʻladi. Mis esa sirtqi qavatidagi elektronini yoʻqotsa, bir valentli boʻladi, sirtining ikkinchi qavatidan ham bir elektron yoʻqotishi mumkin, bu holda u ikki valentli boʻladi. Mis birikmalari koʻpincha, ikki valentlidir.
Davriy sistemaning I B gruppa elementlari haqida - Oltin sirtqi qavatidagi bir elektronini yoʻqotib, bir valentli boʻladi, sirtdan ikkinchi qavatidagi ikki elektronini yoʻqotishi ham mumkin, bu holda u uch valentli boʻladi, oltin oʻz birikmalarida, koʻpincha uch valentlidir. Ishqoriy metallar atomining radiusi katta, shuning uchun sirtqi valent elektronining yadroga bogʻlanish kuchi zaifroq. Shu sababdan, uning ionlanish xususiyati kuchli.
- Mis gruppasi elementlarining atom radiuslari ishqoriy metallarnikiga qaraganda ancha kichik, demak, sirtqi birinchi va ikkinchi qavat elektronlari, ya’ni valent elektronlari yadroga kuchli bogʻlangan, shuning uchun ularning ionlanishi-oksidlanishi ancha qiyin, qaytarilishi esa osondir. Bu elementlar aktivlik qatorida vodoroddan keyin turadi.
- Mis gruppasi elementlarining atom radiuslari quyidagicha: Cu-1,28 A, Ag-1,44 A, Au-1,44 A
- Mis gruppasidagi elementlarining suyuqlanish va qaynash temperaturalari ancha yuqori. Ular suvni parchalay olmaydi, suvni hatto isitganda ham ta’sir etmaydi. Ularning gidroksidlari suvda erimaydigan kuchsiz asoslardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |