Nammqi 1-bosqich 38-22 biq guruh talabasi Mohirjanov Umarjon reja


Download 1.62 Mb.
bet2/4
Sana11.02.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1190106
1   2   3   4
Bog'liq
Davriy sistemaning I B gruppa elementlaridan

Misning tabiatda uchrashi:

  • Mis (Cuprum) Cu, A=63,546. Mis yer poʻstlogʻini taxminan % tashkil etadi. U ikki izotopdan iborat: Cu 63 – 69% va Cu 65 – 31%, uning yana 9 ta radioaktiv izotopi olingan. Mis insonga qadimdan ma’lum metalldir, uning qalay bilan qotishmasi – bronzani kishilar qadimdan ishlatib keladi, shu sababli bronza asri insoniyat tarixining muhim bir davridir.
  • Mis tabiatda erkin holda uchraydi, ammo uning koʻp miqdori birikma holdadir. Misning eng muhim rudalari sulfidlar tarzida boʻladi masalan, mis yaltirogʻi , mis kolchedani CuS*FeS shular jumlasidandir. Bulardan tashqari, malahit * va kuprit ham bor.
  • Mamlakatimizda mis konlari juda koʻp. Oʻzbekistonda: ―Sari chelek, Oltin topgan va boshqa joylarda mis konlari mavjud.

 

Davriy sistemadagi o’rni va olinishi:

  • Misning kimyoviy belgisi Cu, 
  • Davr soni 4, Qator soni 5, 
  • Guruh II, Valentligi II, I 
  • Tartib raqami 29, Nisbiy atom massasi 64, 
  • Kislorodli birikmasi CuO, Vodorodli birikmasi yoʻq, 
  • Atom tuzilishi +29)2)8)18)1), d elementlar oilasiga kiradi,
  • p = +29, e= -29 n= 39, 
  • Metall,
  • Elektron konfiguratsiyasi: 1s2 2s2 2p63s23p63d104s1
  • CuO + C = CO + Cu .
  • Mis kislorod bilan tabiatda birikma holda uchraydi. Misni koʻmir yordamida qaytarish yoʻli bilan olinadi. Sulfidli rudadan mis ajratib olish uchun ruda avval kuydirilib CuO ga aylantiriladi, bunda ajralib chiqqan dan sulfat kislota tayyorlashda foydalaniladi. CuO koʻmir bilan qaytarilib, undan mis olinadi.
  • Bu yoʻllar bilan olingan mis xomaki mis deb yuritiladi, chunki uning tarkibida turli qoʻshimchalar boʻladi. Xomaki mis elektroliz usuli bilan tozalanadi, ya’ni rafinlanadi.
  •  

Misning fizik va kimyoviy xossalari

  • Mis yaxshi choʻziladigan, yaxshi yassilanadigan, elektr va issiqni yaxshi oʻtkazadigan, qizil tusli metalldir.
  • Elektr oʻtkazish xususiyati jihatidan mis kumushdan va boshqa hamma metallardan ustun turadi. Misning suyuqlanish temperaturasi 10840C.
  • Misning qaynash temperaturasi 25400C, mis quruq havoda qorayadi, ya’ni asta-sekin oksidlanadi, hosil boʻlgan oksid mis sirtida zich parda hosil qiladi, bu parda misni havo kislorodi ta’siridan saqlaydi, lekin nam havoda misning sirti CuCO3.Cu(OH)2 bilan qoplanib, koʻkaradi.
  • Mis xlor bilan odatdagi temperaturadayoq birikadi. Suyultirilgan HCl va H2SO4 misga ta’sir etmaydi, misga konsentrlangan H2SO4 ni isitgan holda ta’sir ettirilsa, CuSO4 va SO2 hosil boʻladi, HNO3 ta’sirida esa, kislotaning konsentratsiyasiga qarab Cu(NO3)2 va NO yoki NO2 hosil boʻladi.
  • Cu + Cl2 →CuCl2;
  • Cu + 2H2SO4 →CuSO4 + SO2 + 2H2O
  • Cu + 2HCl → CuCl2 + H2;
  • Cu + 4HNO3 →Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling