Namoyish etuvchi dasturiy vositalar
Didaktik vositalar deganda nimani tushunasiz
Download 43.42 Kb.
|
Pedagogik dasturiy vosita nima
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17. PDVning asosiy tushunchalari nimalardan iborat.
- 18. PDV ga mualliflik dasturlari tarkibiga nimalar kiradi
16. Didaktik vositalar deganda nimani tushunasiz.
Didaktik vositalar bizga tanish, hayotimizda uchraydi-gan, xatto biz foydalanib yurgan vositalar bo‘lishi mumkin. Ularning hammasi ham aynan ta'lim berish uchun ishlab chiqarilgan vosita bo‘lishi shart emas. Masalan, televidenieni olsak, u turmushimizda dam olish uchun qo‘llaniladigan maishiy texnik vositasi bo‘lsa, aholi orasida targ‘ibot ishlarini olib borishda ommaviy axborot vositasi hisoblanadi. Lekin undan ta'limda ham keng foydalanmoqdamiz. Masalan, masofadan turib o‘qitishda u didaktik vosita sifatida qo‘llanilayapti 17. PDVning asosiy tushunchalari nimalardan iborat. Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida o`quv jarayonini qisman yoki to`liq avtomatlashtirish uchun mo`ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta`lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o`qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o`quv fani bo`yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo`naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta`minot, qo`shimcha yordamchi vositalar kiradi. Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin: o`rgatuvchi dasturlar – o`quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o`zlashtirishga yo`naltiradi; test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko`nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo`llaniladi; mashq qildirgichlar - avval o`zlashtirilgan o`quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi; o`qituvchi ishtirokidagi virtual o`quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar. 18. PDV ga mualliflik dasturlari tarkibiga nimalar kiradi? Bugungi kunda jahonning rivojlangan mamlakatlari talim tizimlarida turli orgatuvchi dasturiy vositalardan keng foydalanilmoqda. Orgatuvchi korgazmali dasturiy vositalar mualliflik dasturiy taminotlari yordamida yaratiladi. Talim jarayonida bunday dasturlardan foydalanish yuqori natijalarga olib kelmoqda, sababi auditoriyada uzatiladigan bilimlarga oid axborotlarni qabul qilish va vazifalarni bajarishda oquvchi bir vaqtning ozida eshitib, korib, ozlashtiradi. Mualliflik dasturiy taminoti — kompyuter texnologiyalari yordamida oquv jarayonini qisman yoki toliq avtomatlashtirish uchun moljallangan dasturiy vosita hisoblanadi. Ular talim jarayoni samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning oqitish vositasi sifatida qollaniladi. Mualliflik dasturiy taminotlar yordamida elektron darsliklar yaratish juda qulay. Elektron darsliklar, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda eng muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish hamda yodda saqlashni maksimal darajada yengillashtiradi. Mualliflik dasturlariga misol qilib, Articulate Storyline, Adobe Captivate, CourseLab, iSpringPro, Lectora kabi dasturlarni keltirishimiz mumkin. Download 43.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling