Namoz Rasulov
Download 305.64 Kb. Pdf ko'rish
|
8999 (1)
1 | t . m e . o n a t i l i n a m o z r a s u l o v b i l a n Namoz Rasulov She’r san’atlari 2 | t . m e . o n a t i l i n a m o z r a s u l o v b i l a n Badiiy san`atlar 1. Iyhom (arabcha — shubhaga solish, chalg‘itish) — shubhaga tushirishdir (Vohid Tabriziy), ya’ni bir baytda ikki xil (biri ochiq, ikkinchisi sirliroq) ma’noni ifodalash san’atidir. Labing bag‘rimni qon qildi, ko‘zimdin qon ravon qildi, Nega holim yomon qildi — men andin bir so‘rorim bor. Zahiriddin Boburning g‘azalidagi bu baytda „so‘rorim“ so‘zi iyhom san’atini voqe qilyapti: Yorning labiga ishtiyoqlik oshiqning bag‘rini „qon“ qildi, ko‘zini qizartirib yubordi, holini yomon qildi, undan bir so‘rishgina bu azoblardan qutqarishi mumkin degan mazmun ifoda qilingan. Garchi birinchi qarashda kitobxon „so‘ramoqchiman“ degan yuzadagi ma’noni ilg‘asa-da, „so‘rmoqchiman“ tushunchasini anglagach, shubhasi tarqaladi. Lekin bu holatni ochiq-oydin ifodalamasdan, anglaydigan darajada sirli va pardali qilib tasvirlash — qalbni hayajonga soladi. 2. Tazod (arabcha — qarshilantirish, zid) san’atida shoir she’rida qarama-qarshi, bir-biriga zid ma’noli so‘zlarni qo’llaydi. „Tazod yuzakiroq qaraganda antiteza usuliga ham o‘xshaydi — ularning har ikkalasida ham bir-biriga zid tushunchalar yuzlashtiriladi, ayni choqda, ularning bir-biridan farqli jihatlari ham bor. Antitezada to‘qnashuvchi bir-biriga zid narsalar ikki mustaqil manbadan kelib chiqsa, tazoddagi to‘qnashuvchi bir- biriga zid narsalarning kelib chiqish manbayi yagona: bir narsa ham yaxshilikning, ham yomonlikning kelib chiqishini o‘z ichiga qamrab oladi“ (To‘xta Boboyev. „Adabiyotshunoslik asoslari“, 381-bet). E, Masihodam begim, bir dam ila bergil shifo, Sheva birla ko‘zlaring jonimni bemor ayladi. (Yorning (Masiho — Iso) dami (og‘zi) ko‘ziga qarama- qarshi qo‘yilgan: ko‘zi bemor qiladi, dami — nafasi shifo beradi. Ayni zamonda ko‘z bilan og‘iz bir-biriga bog’liq, ikkalasi ham yomikidir.) Ko‘rinadiki, tazodda zid qo‘yilgan ikki tomon (obraz, predmet) qiyoslanadi, ayni zamonda, uzviy ravishda bir-biriga mustahkam bog’lanib keladi. Download 305.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling