11 | t . m e . o n a t i l i n a m o z r a s u l o v b i l a n
Ko‘ngulga bo’ldi ajoyib balo qaro soching,
Shikasta ko‘ngluma qaro balo soching.
Boburning ushbu baytining birinchi misrasidagi „balo“ so‘zi
mustaqil holda „ofat“ ma’nosini, „qaro“ so‘zi
esa sochning
sifatini ifodalagan bo‘lsa, ikkinchi misradagi bu ikki so‘zning
o‘rni
almashtirilishi natijasida, ularning mazmuni ham o‘zgarib,
„qaro“ so‘zi „balo“ so‘zining sifatlovchisiga aylanib, bu so‘zning
ma’nosini
yanada kuchaytirgan, har ikki so‘z
qofiyadosh
bo’lganligi sababli takror zulqofiyatayn san’atini hosil qilgan
.
4. Takrir (arabcha
— takrorlash)
san’ati —
muayyan
she’rda u yoki bu so‘zni takror qo’llashdir. So‘zni takrorlashdan
maqsad, o‘sha so‘zning ma’nosini, tub mohiyatini ta’kidlash,
unga o‘quvchi diqqatini tortishdir.
„Layli, Layli! — debon chekib un,
El deb: „Majnundir, ushbu Majnun”.
Alisher Navoiyning „Layli va Majnun“
dostonidan
keltirilgan ushbu baytda „Layli va Majnun“ so‘zlari
ikki marta
takrorlangan. Birinchi so‘zning takrori Majnunning oshiqligini
ta’kid etsa, ikkinchi so‘zda el nazdida ishq yo’lidagi Majnunning
haqiqatda majnunligi ta’kidlanyapti.